ARGON

ARGON (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, at. m. 39,948, birinchi marta 1894-y. da havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 189,4°, qaynash t-rasi 185,87°. A. odatdagi t-rada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). A. ning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265-y.), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olinmagan, ammo Ag.6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻkhavo rang shuʼlalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ARGON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZOT
ATMOSFERA
ANDIJON VILOYATI
BRAZILIYA
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты