AVIATSIYA QUROLLARI

AVIATSIYA QUROLLARI — harbiy samolyotlar va b. harbiy uchish apparatlariga oʻrnatiladigan qurol-aslahalar va ularni qulay ishlatish imkonini beradigan uskunalar. Aviatsiya qurollari samolyotlarga oʻrnatiladigan qurollarning barcha turlarini, ularni mustahkam oʻrnatadigan vositalarni boshqarish, nishonga olish, bomba tashlash uskuna va moslamalarini, hisoblash uskunalari, aviatsiya aslahalari va bir marta ishlatiladigan boshqa aslahalarni, maxsus yuklarni osadigan va yuk tashlaydigan uskunalarni oʻz ichiga oladi, shuningdek samolyotlar va b. uchish apparatlarida bajariladigan oʻquv mashqlarida ishlatiladigan apparatlar, shatakka olinadigan nishonlar, desant uskunalari ham Aviatsiya qurollari hisoblanadi. Qoʻllaniladigan oʻqdori xillariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: raketa, zambarak-pulemyot, bombardimonchi va maxsus Aviatsiya qurollari Raketalar hoz. zamon samolyotlarining eng asosiy quroli hisoblanadi, ularning boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari boʻladi. Zambarak va pulemyotlar maxsus moslamalar bilan taʼminlanadi.

Typli aviatsiya bombalari, bomba kassetalari va torpedalar, ularni saqlovchi va tashlovchi uskunalar dushman obyektlarini bombardimon qilishda xizmat qiladi. Tutun purkovchi, signalmoʻljallash vositalari, shuningdek turli-tuman maxsus yuklarni tashlovchi moslama-uskunalar maxsus Aviatsiya qurollari hisoblanadi. Yadro va kimyoviy qurollar ham baʼzan maxsus Aviatsiya qurollari qatoriga kiritiladi. Hoz. zamon Aviatsiya qurollari mexanika, radiotexnika, elektron, optik asbob va qurilmalarning murakkab majmuidan iborat. Aviatsiya qurollari avtomatlashtirilgan va elektrlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: AVIATSIYA QUROLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
AMIR TEMUR
AVTOMOBIL TRANSPORTI
AVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты