ARABISTON YARIM OROLI

ARABISTON YARIM OROLI — Osiyodagi eng yirik yarim orol; mayd. qariyb 3 mln. km2, gʻarbda Qizil dengiz, jan. da Adan qoʻltigʻi va Arabiston dengizi, sharqda Ummon va Fors qoʻltiqlari b-n oʻralgan. Arabiston yarim oroli Afrika qalqonining bir qismi boʻlgan; paleogen dav-ri oxiri va neogen davrida chuqur Qizil dengiz botigʻi orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol asosan arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib topgan. Bu jinslar Arabiston yarim orolining butun gʻarbiy qismida va qisman jan. da yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jinslarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Neogen oxiri va toʻrtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon koʻtarilish natijasida Arabiston yarim orolida gʻarbiy vajan. qirgʻoqhamda chekkadagi qirlar paydo boʻlgan. Yoriqlardan vulkanlar otilib chiqib, katta maydonni lava («xarra») qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy bal. 1000 m gacha boʻlgan pastak vulkan qoldiqlari koʻtarilib turadi. Shunday vulkan kra-terlaridan birida Adan sh. joylashgan. Arabiston yarim orolining yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon togʻlar bor. Ularning oʻrtacha bal. 1000 — 2000 m, jan. dagi eng baland Asir va Yaman togʻlari 3600 m ga yetadi. Jan.-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon togʻli oʻlkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. A. ya. o. ning gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar pastlik — Tixoma, shim. — Shimoliy Arabiston platosi va Katta Nefud choʻli, markazining kristall jinslardan iborat gʻarbiy qismi Oʻrta Arabiston platosi deb ataladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalaridir, katta maydonni band qilgan pastroq jan. qismi esa Rub ul-Xoliy qum choʻli deyiladi. Arabiston yarim oroli, ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolida yana temir, rux, fosforit-apatit rudalari, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim oroli iqlimi quruq tropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shimolda 7° boʻlsa, jan. da 24°, iyunning oʻrtacha t-rasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal t-ra 50°, 55°, minimal t-ra shim. da 11°, Adanda 16°. Yogʻin kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon togʻlarida (500 mm) koʻproq. Oqar suvlar togʻli yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq oʻzan — vodiylar uchraydi. Baʼzi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq choʻllarda butunlay yoʻq yoxud hali ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolining shim. qismi boʻz tuproq b-n, jan. va jan.-sharqidagi togʻli oʻlkalar qizil va qizil-qoʻngʻir togʻ tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolida asosan Afrika florasiga xos oʻsimliklar oʻsadi, Hindiston va Oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimlik turlari ham uchraydi. Choʻllarda oʻsimlik siyrak, ular shuvoq, shoʻra, astragal, kermak, yulgʻun kabi ildizlari uzun, dagʻal oʻt yoki buta, yoxud daraxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib oʻsadi. Togʻlarning sernam yon bagʻirlarida barg toʻkadigan oʻrmonlar uchraydi. Jan.-gʻarb va jan.-sharqda savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa koʻp. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qoʻshoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, choʻl parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolida BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).


Lotin alifbosida maqola: ARABISTON YARIM OROLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFRIKA
AMUDARYO
AVSTRALIYA
AMIR TEMUR
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты