AVTOMATIK ROSTLAGICH

AVTOMATIK ROSTLAGICH — biron bir obyektning ish maromini (mas, stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma. Avtomatik rostlagich obyektga va rostlovchi organga ulanadi. U quyidagi qismlardan iborat:

1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi parametr miqdrrining oʻzgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki oʻzgartirib, maʼlum qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi;

3) ijro etuvchi organ; rostlovchi organga taʼsir etadi. Rostlanuvchi parametrga qarab bosimni, t-rani, namlikni, tezlikni, kuchlanishni, chastota va b. ni rostlovchi Avtomatik rostlagichlar boʻladi. Ijro etuvchi organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik rostlagich mexanik (shu jumladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMATIK ROSTLAGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVTOMAT TELEFON STANSIYA
BERUNIY
Nelly Furtado - Más
ALMASHLAB ULASH QURILMASI
ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты