ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR

ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR — ayniy zarralarning bir-biriga alohida taʼsir koʻrsatishi. Almashuvchan oʻzaro taʼsir zarralarning diskret xarakteristikalari (zaryadi, spini, massasi) va toʻlqin funksiyasiga bogʻliq. Koʻpchilik hodisalar (mas, gomeopolyar bogʻlanish hosil boʻlishi, kristallarda zonalar hosil boʻlishi va h. k.)ga Almashuvchan oʻzaro taʼsir sabab boʻladi. Ayniy zarralar tizimida ular oʻrnining juft-juft boʻlib almashinishidan yuzaga keladigan simmetriyani aks ettiruvchi sof kvant effekt; klassik fizikada unga oʻxshash oʻzaro taʼsir yoʻq.

Almashuvchan oʻzaro taʼsir kattaligi, asosan, zarralar toʻlqin funksiyalarining ustma-ust tushish darajasi b-n, yaʼni ularning birgalikda fazoning umumiy qismida boʻlish vaqti bilan belgilanadi, shuning uchun bu zarralar holatlari qancha keskin farq qilsa, Almashuvchan oʻzaro taʼsirning oʻrni shuncha kam boʻladi. Zarralar orasida oʻzaro taʼsir kuchi mavjud boʻlganida Almashuvchan oʻzaro taʼsir bu kuchni oʻzgartiradi. Mas, atomdagi elektronlarning aynan bir xilligi hisobga olinganda elektronlarning bir-birini itarishi oʻrni kamayadi. Parallel spinli elektronlar itarishish energiyasining effektov kamayishi atomlar, molekulalar va kristallarda muhim oʻrin tutadi. Mas, u ferromagnetizmni vujudga keltiradi. Bu effekt vodorod molekulasi N2 dagi gomeopolyar molekulyar bogʻlanishga asos boʻladi. Almashuvchan oʻzaro taʼsir hissasi tizimning zichligi ortishi bilan kamayadi.

Almashuvchan oʻzaro taʼsir atomning tashqi elektron qobiqlariga eng katta taʼsir koʻrsatadi. Atom yadrosida ham almashuvchan effektlar muhim oʻrin egallaydi. «Almashuvchan oʻzaro taʼsir» iborasi zarralarning aynan bir xilligi b-n bogʻliq boʻlmagan, ammo koor-dinatalar almashishini taqozo qiladigan oʻzaro taʼsir (mas, yadro) kuchlarini belgilashda ham qoʻllaniladi. Almashuvchan oʻzaro taʼsir atom va molekula spektrlari, kimyoviy bogʻlar, ferromagnetizm va b. ni tushuntirib beradi.


Lotin alifbosida maqola: ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYNIGAN GAZ
AMUDARYO
AMIR TEMUR
ALGEBRA
ATOM FIZIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты