AYNIGAN GAZ

AYNIGAN GAZ — zarralarning oʻzaro kvant-mexanik taʼsiri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda boʻlishiga aynigan holat deyiladi. Shuning uchun kvant mexanika nuqtayi nazaridan qaralgan gaz zarralari xossalari ideal gaz zarralarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Kvant statistikada tizimning bu xossalari hisobga olinadi, bu esa ideal gazning turli holatlari oʻzaro bogʻliq boʻlishini bildiradi, nati-jada zarralarning mumkin boʻlgan holatlari boʻyicha taqsimlanishi ham har xil kvant statistikaga boʻysunadi. Mas, butun son spinli zarralar (geliy atomi, fotonlar) Boze — Eynshteyn statistikasita, yarim son spinli zarralar (elektronlar, protonlar va h. k.) Fermi statistikasita boʻysunadi. Aynigan gazning termodinamik xarakteristikalari ham ideal gaznikidan boshqacha boʻladi. Ammo bu tafovutlar aynish t-rasi To dan yetarlicha past t-rada namoyon boʻladi. Mas, geliy uchun aynish t-rasi T0 4°K. Aynish hodisasi metallardagi elektron gazni oʻrganishda juda muhim (q. Aynigan elektron gaz).


Lotin alifbosida maqola: AYNIGAN GAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOZE EYNSHTEYN STATISTIKASI
ATMOSFERA
ATOM FIZIKASI
ALMASHUVCHAN OʻZARO TAʼSIR
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты