AXILIYA

AXILIYA (yun. a — inkor qushimchasi va chylos — shira) — ovqat hazm qilish suyuqliklari boʻlmasligi meʼda A. si — meʼda shirasining yoʻq boʻlishi, meʼdada xlorid kislota va fermentlar ishlab chikarilmasligi; pankreatik Axiliya — meʼda osti bezi tashqi sekretsiyasining hosil boʻlmasligi. Axiliya meʼda va b. aʼzolarning kasalliklari natijasida, mas, meʼda bezlari atrofiyasi (organik Axiliya) yoki ogʻir ruhiy kechinmalar, meʼda bezlari nerviga zararli moddalar taʼsir qilishi oqibatida meʼda hazm faoliyatining zaiflashishi sababli (funksional Axiliya) ruy beradi. Axiliya zoʻrayganda ovqat hazm boʻlishi qiyinlashadi, xususan goʻsht va oqsilli ovqatlar yeyilganda meʼdada hazm boʻlmay, ichakka oʻtadi, natijada ichakka zoʻr kelib, uning ishi oʻzgaradi (ich dam boʻlib, ogʻrib turadi, ich suradi va h. k.). A. da bemorlarga meʼda shirasi, xlorid kislota, pepsin, vitamin S (meva va sabzavot sharbati, naʼmatak, qora smorodina damlamasi), vitamin V,, V2 (nuxat, jigar preparatlari — ekstrakt, kampolon) beriladi.


Lotin alifbosida maqola: AXILIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMIR TEMUR
AVIATSIYA
Afruz guruhi - Dam bu dam
ATSIDIN-PEPSIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты