ALHON

ALHON (arab. — kuylar, ohanglar; lahn soʻzining koʻpligi) — Sharq xalqlari vokal va cholgʻu musiqasining umumiy ifodasi. Alhon kuy, qoʻshiq maʼnolaridan tashqari, sheʼrni ohangli oʻqish, hofizlarning «Qurʼon» oʻqishi, bulbulning sayrashi, xutba oʻqish ka-bilarni ham oʻz ichiga oladi. Alhonning turlari koʻp: A. basitiy (oddiy Alhon) — cholgʻu kuyi yoki sheʼrni ohangga solib oʻqish; A. jirmiy (toʻliq Alhon) — sheʼr va ritm-usullarni mujassamlantirgan musiqa asari; A. infioliya (gʻamgin, mayus Alhon); A. mulazza (lazzatbaxsh Alhon) — goʻzallikni ifodalaydigan va noziq his-tuygʻular qoʻzgʻatadigan musiqa asarlari; A. muhayyila (tasavvur ettiruvchi Alhon) — insonni xayolga choʻmdiruvchi musiqa asarlari; A. xattiy (eng oddiy Alhon) — vokal musiqa asarlarini tashkil etuvchi elementlar — har bir nagʻma, usul va sheʼrning yakka-yakka holdagi ifodasi. Alhon qadimgi risolalarda parda (maqom) uyushmalarini, sozanda, xonandalarning ijro mahoratini oshiradigan mashqlarni ham ifodalagan.

Ad.:Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, T., 1963; Alisher Navoiy, Muhokamatul-lugʻatayn, T., 1948,Rajabov Isʼhoq, Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.


Lotin alifbosida maqola: ALHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
SHASHMAQOM
RITM
QURʼON
RAJABIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты