RITM

RITM (yun. rheo — oqaman) , marom, davriylik — 1) tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Ritm siklli va vaqtli boʻladi. Hodisa va jarayonlarning tabiatda muayyan tartibda takrorlanib turishi sikllik deyiladi. Mas, Quyosh faolligi bilan bogʻliq hodisalar — Quyosh dogʻlarining koʻpayibozayib turishi, Quyosh chaqnashlari, undagi portlashlar, u bilan bogʻliq holda Yerda roʻy beradigan hodisalar (magnit boʻronlari, qutb shafaqlari) va h. k. Vaqtli davriylik hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Mac, kun bilan tunning almashinishi bilan bogʻliq jarayonlar, fayellarning almashinishi, iqlimiy tebranishlar;

2) sheʼriyat, musiqa, raqs, tasviriy sanʼat, amaliy bezak sanʼati va meʼmorlik turlari shakllarining asosiy prinsipi. Sheʼriyat dagi Ritm tovush asosida paydo boʻladi. Dastlabki sheʼrlarda satrlar oʻlchov jihatdan teng boʻlmagan, ammo ular parallel qoʻyilgan, bu esa sintaktik parallelizm deyilib, u sheʼr tuzilishining folklor tipiga xosdir. Xususan, turkiy xalqlarning qad. sheʼrlaridagi misralarni alliteratsiya va soʻz takrorlari uyushtirgan; bunda ichki qofiya ham qatnashgan; soʻng qofiya misralar oxiriga koʻchib, evfoniya (ohangdorlik) vazifasinigina emas, Ritm vazifasini ham ado eta boshlagan. Sheʼr toʻzilishining tizimlarga va guruhlarga ajralishi shundan soʻng roʻy bergan. Sheʼr tuzilishining folklor tipidan soʻng kvantitativ sheʼr tuzilishi paydo boʻlgan, u asosan sinkretik davr (sanʼatning aralash rivojlangan davri)ning sheʼr texnikasi boʻlgan. Yunon, arab, hind, fors sheʼr tuzilishi va, jumladan, oʻzbek aruzi kvantitativ sheʼr tuzilishiga mansub. Bu sheʼr tizimlarida tovushning miqdori — choʻziklik darajasi va uning vaqt bilan oʻlchanishi Ritmni uyushtirishning asosiy negizi hisoblangan (q. Aruz). Kvantitativ sheʼr tuzilishidan soʻng kvalitativ sheʼr tuzilishi va unga kiruvchi koʻpchilik sheʼr tuzilishlari paydo boʻlgan. Bu sheʼr tuzilishi boʻgʻinlarning sonigagina emas, sifatiga (urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning muayyan bir tartibda navbatlashib kelishiga) ham tayanadi; bunga sillabik, sillabiktonik va tonik boʻgʻin tizimlari kiradi. Kvalitativ sheʼr tuzilishi davrida sheʼriyat ogʻzaki shakldan yozma shaklga oʻtdi va musiqadan ajralib chikdi. Oʻzbek barmoq tizimi ham shu bosqichga mansub. Barmoqtizimidagi Ritm boʻgʻinlar soniga, oz boʻgʻinlarning misralarda mutanosib boʻlishiga suyanadi (q. Barmoq tizimi). Nasrda ham Ritm mavjud. Ammo u oʻlchov (vazn) asosida kelib chikmaydi. Shu tufayli izchil emas.

Tasviriy sanʼatda Ritm badiiy sanʼat asarining ifoda vositalaridan boʻlib, asar tuzilishining oʻziga xos tomonini belgilaydi, uning gʻoyaviybadiiy estetik mazmunini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. Ritm qurilishi simmetriyaning turli unsurlariga, shuningdek, bir xil yoki bir-biriga oʻxshash (yaqin) shakl va narsalar (chiziq, muxrlangan harakat, nursoya, boʻyoq dogʻlari va h. k.)ning teng hajm va orali qda tekis meʼyorda qaytarilishi yoki oralab kelishiga asoslanadi. U yoki bu Ritm qurilishi yordamida asarga turlicha emotsionallik baxsh etish mumkin.

Amaliy bezak sanʼati hamda meʼmorlik da asar kompozitsiyasini yaratishda va obrazni shakllantirishda Ritm muhim oʻrin tutadi. Meʼmorlikda hajm, shakllar (ustun, darcha, balkon va h. k.) bir maromda qaytarilishi yoki oralab kelishi binoga oʻzgacha mazmun kiritadi; naqsh mujassamoti ham Ritmga asoslangan holda yaratiladi: bir yoki bir necha naqsh boʻlaklarining takrorlanishi yoki oralab kelishi natijasida asarga tugallik yoki cheksizlik bagʻishlanadi.

Musiqada Ritm asar rivojlanish jarayonining zamon nuqtayi nazaridan tartibi; kuy, garmoniya kabi asosiy musiqiy ifoda vositalaridan biri. Tor maʼnoda Ritm tovush choʻzilmalarining izchilligidir (bunda tovushlar faqat oʻzining davomiyligi jihatdan, yaʼni balandpastlik, lad xususiyatlaridan ajralgan holda baholanadi). Xalq musiqasining qad. koʻrinishlari (mehnat va marosim qoʻshik/ tri, alla, marsiya, doston kabi janrlar, baʼzi cholgʻu mashqlar)da musiqiy Ritmning ilk shakli — «ohangdor» (yoki «erkin») R. saqlanib qolgan. U ritmik tuzilmalarning oʻzaro teng emasligi, har bir ritmik davrning «keskin» va «yengil» bosqichlar almashinuviga asoslanganligi bilan farqdanadi. Vokal asarlarda musiqaviy Ritm maʼlum darajada sheʼriy Ritmga monand boʻladi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqada (Mas, mumtoz ashula, maqom janrlarida), ayniqsa, kvantitativ Ritm xususiyatlari keng oʻrin olgan. Bunda maʼlum tartibda joylashgan turli (qisqa va uzun) choʻzilmalar muayyan ritmik andozalarni tashkil etadi, ular negizida musiqiy Ritm jarayoni yuzaga keladi. Xalq musiqasi (ayniqsa, Afrika va Osiyo xalqlari), kompozitorlik ijodi (asosan, gomofoniya uslubidagi asarlar)da kvalitativ (urgʻuli) Ritm turi ham keng oʻrin olgan. U qisqa va uzun emas, balki kuchli (urgʻuli) va kucheiz (urgʻusiz) choʻzilmalar nisbatlari orqali yuzaga keladi (Mas, usul). Urguli Ritm koʻpincha muayyan musiqiy metrga boʻysunadi. Metr va Ritmning oʻzaro bogʻliqligiga nisbatan metroritm iborasi ishlatiladi. Musiqaviy Ritmning hamma turlari katta badiiy kuchga ega boʻladi. Ayniqsa, milliy koloritni berishda, turli harakatlarni tasvirlashda, umuman barcha davomiy jarayonlarni ifodalashda uning imkoniyatlari cheksiz. Koʻpgina musiqa uslublarida har xil Ritm turlari oʻzaro tutashgan holda namoyon boʻladi: Mas, mumtoz ashula yoʻllarida tekis takrorlanuvchi usul negizida (urgʻulidavriy Ritm) aruz nisbatlariga asoslangan kuy rivoji (kvantitativ Ritm) barobar namoyon boʻladi. Musiqadagi Ritmning nazariy va amaliy muammolarini musulmon Sharq olimlari ilmi iyqo fanida oʻrganishgan. Ibn Sino, Safiudin alUrmaviy, Jomiy, Zaynulobidin alHusayniy, Kavkabiy va b. mavjud. Ritm tuzilmalarini advor (doiralar) shaklida taxlil qilishgan.


Lotin alifbosida maqola: RITM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
AMALIY SANʼAT
HINDISTON
RAQS
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты