AMALIY SANʼAT

AMALIY SANʼAT, amaliy bezak sanʼati — bezak sanʼati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va b.)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy meh-nat sohalarini oʻz ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga taʼsir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼatda estetik taʼsirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy sanʼatda narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi:

1) shakli oddiy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi;

2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning taʼsirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. Taʼsirchan mazmunli shakllar koʻpincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil boʻlayotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli taʼsir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼatda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy sanʼat (haykaltaroshlik, rangtasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qoʻllaniladi. Baʼzan naqsh yoki tasvir buyumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, toʻr; gilam, mato gullari va h. k.). A. s. asarining uygʻunligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon boʻladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum koʻlami va xususiyati, uning amaliy va badiiy vazifasi b-n uygʻunlashtirishning zarurligi tasviriy boʻlaklarni oʻzgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini oʻxshatib yaratishga olib keladi.

19 – a. 2 – yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va b.) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, toʻqish va b.)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni i. ch. b-n bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.

Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar b-n yaqin munosabatda boʻlgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak sanʼati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jugʻrofiy sha-roiti, xalqining mashgʻuloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qoʻshni xalqlar bilan aloqalari va b. muhim rol oʻynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato toʻqish, moʻynadoʻzlik, kigiz bosish, gilamchilik va sh. k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asarlarining maʼlum joyga xos uslublari shakllangan.

Oʻzbekiston hududidan mezolit davriga oid qad. sanʼat yodgorliklari topilgan. Neolit davri sopol idishlari qoʻlda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qoʻl bilan chizib) tushirib bezatilgan. Fargʻona vodiysidan mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Fargʻona vodiysi, Surxondaryo viloyati oʻtroq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar b-n bezalgan; Amudaryo boʻyi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tasvirlar jigarrang, oq za-minga chizilgan. Jez davri dasht qabilalari foydalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yoʻl-yoʻl tasvirlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabogʻyop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 — 2 – a. lar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlangan (Qovunchi madaniyati idish dastasidagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolchayondan topilgan taqinchoqlardagi boʻrtma tasvirlar). Ilk oʻrta asr (5 — 8 – a. lar) amaliy bezak sanʼati Sugʻd, Toxariston, Xorazm va Fargʻonadagi davlatlar madaniyati bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. Ganch oʻymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yogʻoch oʻymakorligi (Surxondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mujassamotlar aralashtirib berilgan, yassi boʻrtma bezaklar oʻrnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va uslublashtirilgan oʻsimliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtirilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Varaxsha rasmlarida tasvirlangan rangbarang kiyimlar shu davrda badiiy toʻqimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 — 6-alarga ovd qad. ajoyib kiyimlarning oʻziga xos namunalari topilgan, bundan qad. fargʻonaliklar kiyimi ancha murakkab qilib tiqilganligi maʼlum boʻladi. Samarqand viloyatidan qad. mahsi, Fargʻona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topilishi Oʻzbekistonda, umuman butun Turkistonda deyarli bir vaqtda, yaʼni 5 — 6-a. larda bu oyoq kiyimning urf boʻlganini koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qad. markazlari boʻlgan. Pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qoʻllanilib kelingan. 6 — 12 – a. larga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining oʻzgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 — 17 – a. lar) yonga osib yuriladigan pichoklarning turli xil namunalari tasvirlangan. 7 — 9 – a. larda toʻqimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ishlab chiqarilgan. Oʻsimlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tasviri tushirilgan «zandonachi» matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir meʼyorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va b. hayvonlar tasviri joylashtirilgan.

5 — 10 – a. larda sopol buyumlarning maxsus turi — ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydalanilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va b. oʻsimliklar oʻyma, boʻrtma va b. usullarda ishlangan. 6 — 10 – a. lardan shisha idishlar koʻplab ishlandi; koʻzacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, koʻk, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, boʻrtma, bosma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Koʻplab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yogʻoch va marmardan panjaralar ishlangan. Meʼmorlikda anʼanaviy ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bir qatorda gʻisht qalab naqsh hosil qilish sanʼati rivoj topdi. 12-a. da meʼmorlikda oʻyma terrakotadan, sirlangan gʻishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch oʻymakorligi, boʻyama naqshlar bilan bezatilgan.

Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼatning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 — 10 – a. lar meʼmoriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsimon shakllarning turli koʻrinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi oʻrinda turgan. Girih sanʼati yuksaldi. Rangli sirning ixtiro qilinishi (8-a.) b-n badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va b. shaharlarda sopol idishlarga naqshbezaklar ishlab, boʻyab, ustidan sirlash usuli oʻzlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2—3 xil rangda sir dogʻlari oqizilgan idishlar ishlangan boʻlsa, 10—11-a. larda idishning oq yoki gʻisht rang kizil zaminiga rangli angob bilan aniq naqsh mujassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qoʻrgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xosdir, keskin rangli bezakning aniq ishlanishi va tasvirlarning mahalliyligi («kufiy» yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslublashtirilgan oʻsimliksimon naqshlar, yozuvlar va baʼzi hayvonlar shakli tushirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham koʻp ishlangan. 12 – a. dan koshindan noziq yupqa idishlar koʻplab ishlana boshlandi.

Badiiy metall buyumlar oʻrta asr uslubida yaratilgan. Idishlar (koʻza, qozoncha, shamdon va b.) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan oʻsimliksimon naqshlar b-n, baʼzan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va b. usullarda ishlov berilgan. Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezaklari, oʻyib naqshlangan eshik (1397), kumush qadab nafis ishlangan shamdonlar oʻsha davr Ax. ning nodir namunalaridir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va koʻzachalar) va badiiy toʻqimachilik rivojlangan. 13 — 14 – a. larda moʻgʻullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda oʻsimlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang boʻyokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan.

Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ishlab chikarilgan. Registon, Shogʻizinda, Oqsaroy kabi yirik meʼmoriy ansambllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va boʻyama naqshlar b-n, 15 – a. 2 – yarmidan tilla halli boʻrtma «kundal» naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, boʻyama naqshlar ishlanganligi qayd qilingan.

Shayboniylar hukmronligi (1500 — 1601) va Ashtarxoniylar (1601 — 1753) davrida Oʻzbekiston hududida tinimsiz urushlar boʻlib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poytaxt — Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda — Samarqand, Toshkent, Xivada toʻplangan, xattotlik, kitobat sanʼati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qoʻlyozmalar yaratish sanʼati rivojlangan. Ustalar qoʻlyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq oʻsimlik va handasiy naqshlar bilan toʻldirib bezashgan. Oʻzbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, baxmal, boʻz, shohi, olacha, parcha) va tayyor buyumlar (roʻmol, dasturxon, salla, belbogʻ, qiyiq va b.) ishlab chiqarilgan. 18 – a. larda toʻqimachilik markazlari Buxoro, Margʻilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli soʻzanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun zardoʻzi buyumlar tayyorlangan. 18 —19 – a. larda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi (q. Qoʻqon kandakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak sanʼatining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.

Yozma manbalardan 18 – a. da iroqi doʻppilar koʻplab tiqilgani maʼlum. 19a. 1 – yarmi va oʻrtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chaman-zorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda «abr» bezakli matolar toʻqila boshlangan.

Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Fargʻona vodiysida koʻnchilik qadimdan rivojlangan. Turli xil koʻn mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va b. dan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, baʼzilari boʻyalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qoʻyib, popuklar, qoʻngʻiroqchalar qoʻshib tikilib buyumning badiiyligi oshirilgan. Ayniqsa qogʻoz-hujjatlar solib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushirilib, hoshiyasiga noziq oʻsimliksimon naqshlar berib bezatilgan.

18—19 – a. lar zargarlari qad. zargarlik sanʼati anʼanalarini davom ettirishdi. Yozma manbalarga koʻra 18-a. zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-a. zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolgʻalab (zarb berib), hallab oʻyib, boʻrttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan.

19 – a. oʻrtalarida Rishton qishlogʻi qu-lollari elga mashhur boʻldi. Shu davrda Abdujalil, Toʻxta, Abdulla kabi ustalar ishlab oʻziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga koʻk boʻyoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti doira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat boʻlib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan toʻldirilgan. Toʻrsimon hoshiya naqshlar orasiga anʼanaviy koʻzchalar qoʻyilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, Gʻijduvon, Kattaqoʻrgʻon, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari oʻziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan.

20-a. boshlarida Oʻzbekiston amaliy bezak sanʼati qad. anʼanalarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Fargʻona anʼanaviy toʻqimachilik sanʼati oʻrganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yirik gulli matolaridan bino ichini bezaydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ishlab chiqarildi. Anʼanaviy chitgarlik (A. Abdugʻafurov, K. Qoʻziyev, Gʻ. Qoʻziyev), gilamchilik va palos toʻqish (G. Abdullayev) da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bezaklar berish rasm boʻldi. 19 – a. anʼanalarini kashtachi K. Musajonov, opasingil Rajabovalar (Chust «tus» doʻppilari, Shahrisabz «iroqi»larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Ismoilov va b. davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalashtirilsa ham qad. anʼanaviy usullarda ishlandi. 30 – y. lar oʻrtalaridan sanoatda badiiy matolar i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Toshkent toʻqimachilik k-ti satin, chit, urushdan keyingi yillarda Margʻilon shoyi toʻqish k-ti sunʼiy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60—70 – y. larda Margʻilon «Atlas» birlashmasi, Namangan shoyi toʻqish f-kasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan «arabi» xilidagi, sidirgʻa va mayda gulli «terma» paloslar (T. Joʻrayev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardoʻzi doʻppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolyarov), soʻzana, palak, gulkoʻrpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda anʼanaviy sopol ushpulaklar (U. Joʻraqulov, H. Rahimova) qatori begʻubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yaratildi.

Ac. soʻnggi 80 — 90 – y. lar ichida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini oʻz ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar, badiiy matolar) va mahalliy (sopol, yogʻoch buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardoʻzlik va b.) sanoatni oʻz ichiga olgan badiiy sanoat; koʻrgazma, interyer va manzarali kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik sanʼatida anʼanaviy boʻlmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bogʻliq malakali yakka tartibdagi mualliflik bezak sanʼati.

Xalq Amaliy Sanʼat ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta tiklash va taraqkiy ettirishda «Usto» birlashmasi (1978) muhim rol oʻynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, naqqoshlik, zargarlik sanʼati, zardoʻzlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy toʻqimachilik, nosqovoq, toʻqima roʻzgʻor buyumlari, chinni, shisha buyumlar tayyorlash va b. A. s. turlari rivojlanmoqda. Ganch oʻymakorligini meʼmoriy bezaklarda qoʻllash bu toʻrning barcha maktablari anʼanalarini rivojlantirishga eʼtiborni oshirdi. Ustalar turli maktab anʼanalarini uygʻunlashtirib, oʻta ehtiyotkorlik bilan meʼmoriy bezaklar mujassamotiga ki-ritmoqda. Badiiy hayotda roʻy berayotgan jarayonning taʼsiri hamda mahalliy badiiy anʼanalarning boyligi badiiy tajribada anʼanaviy boʻlmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak sanʼatini rivojlantirmoqda. Badiiy toʻqimachilik, chinni, shisha, kulollik buyumlari koʻrgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, meʼmoriy va b. muhitini boyitish vositasiga aylanmoqda. Jumladan anʼanaviy boʻlmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari koʻrgazmalarda namoyish etilmoqda. 70 – y. lardan kulollik asarlari Toshkent va b. shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar doʻstligi saroyi, «Chorsu» mehmonxonasi, Toshkent metropoliteni bekatlari va b. Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi As. ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis sanʼatlar maktablarining noyob anʼanalarini avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, millim tasviriy, amaliy, miniatyura sanʼatining nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, nafis sanʼatlar sohasidagi ilmiy izlanishlarni i. ch. ga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy taʼlim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik i. t. ishlarini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997-y. 23 yanv. qarori). «Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi (1997-y. 31 mart) qarori milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy sanʼatning ahamiyatini oshirish, qoʻlda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy anʼanalarini va oʻziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq anʼanaviy Amaliy sanʼatning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navroʻzda oʻtkaziladigan Amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmasida namoyon boʻlmoqda. Amaliy sanʼatning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar oʻrtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼatning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy uslublar almashinuvi sanʼatning boshqa turlari bilan bogʻliq ravishda davom etadi.

Akbar Hakimov.


Lotin alifbosida maqola: AMALIY SANʼAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BADIIY SANOAT
BEZAK SANʼATI
BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты