BEZAK SANʼATI

BEZAK SANʼATI — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak sanʼati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq boʻlgan monumental bezak sanʼati, jamoatchilik va ayrim shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash b-n bogʻliq boʻlgan amaliy sanʼat, bayram, tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, koʻpchilik eʼtiboriga havola qilinadigan stend, vitrinalarni bezash bilan bogʻliq boʻlgan bezash sanʼati, badiiy loyihalashdan iborat boʻlgan dizayn.

Bezak sanʼatining rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga aylangan. U tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, badiiy sanoat, shuningdek xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Inson juda qadim zamonlardan boshlab oʻz moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga in-tilgan. Odamlar boʻyniga munchoq, barmogʻiga uzuk, qoʻliga bilaguzuk taqib oʻzini bezatgan, keyinchalik kiyim-kechak, turar joylarini koʻrkamlashtirishga intilgan. Shu tarzda asrlar mobaynida Bezak sanʼati s . shakllangan (19-a. dan shu nom bilan atalgan). Bezak sanʼati s mahsulotlari, asarlari bi-nolar, kishilar, ularning moddiy mu-hitini, turmushda ishlatiladigan narsalarni bezatishga, koʻrkamlashtirishga xizmat qiladi, kishilarning moddiy va maʼnaviy qiziqishlarini oʻzida mujassamlashtiradi, turli tarixiy davrlarda oʻsha davrning badi-iy yoʻnalishlari, uslublari (roman uslubi, gotika, barokko, klassitsizm, romantizm va b.) unga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bezak sanʼati namunalari, ayniqsa, monumental Bezak sanʼati asarlari koʻpchilikning eʼtiborida boʻladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham muhim rol oʻynaydi. Jamoat, maʼmuriy bi-nolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalarda naqqoshlik, oʻymakorlikdan tashqari tasviriy sanʼat koʻrinishlari (devoriy rasm, mozaika, haykaltaroshlik asari, vitraj va b.) bezak vazifasini utash bilan bir qatorda maʼlum ijtimoiy gʻoyalarni qam targʻib qiladi, ifodalaydi. Jahonning eng yirik sanʼat arboblari monumental Bezak sanʼati bilan ham shugʻullanganlar (Leonardo da Vinchi, Rafa-el, Mikelanjelo jamoat binolarida, saroylarda oʻlmas asarlar qoldirganlar). Oʻzbekiston hududida qadimdan yirik binolar (saroy va ibodatxonalar, keyinchalik masjid va madrasalar) ga bezak berish sanʼati rivojlangan. Xalq ustalari (naqqosh, oʻymakor va b.) B. s. bilan shugʻullangan. Tuproq qalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolalikte-pa va b. yodgorliklar, turli xildagi ku-lollik, kandakorlik, toʻqimachilik kabi amaliy sanʼat turlarida ana shu sanʼ-atning nodir namunalari saqlangan. Amir Temur va temuriylar davri, undan keyingi davrlarda ham Bezak sanʼatiga oid nodir yodgorliklar yaratilgan.

20-a. da Oʻzbekistonda Bezak sanʼati yanada rivojlandi: Navoiy va Muqimiy teatrlari binolarining foye va zallari, Toshkent metropoliteni, Xalqlar doʻstligi saroyi va b. inshootlar be-zaklari va b. Ayniqsa mustaqillikdan soʻng bu sanʼatning yangi taraqqiyot davri boshlandi. Yangi qurilayotgan meʼmoriy binolar, madaniy inshootlar (ichki va tashqi tomonlari). Bezak sanʼatining yutuqlari bilan bunyod etilmoqda, bezak xususiyatlari boʻrttirilgan turli haykal va relyeflar yaratilmoqda.

Neʼmat Abdulpayev.


Lotin alifbosida maqola: BEZAK SANʼATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEZASH SANʼATI
BERUNIY
BRAZILIYA
ANDIJON VILOYATI
BANKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты