AMINLAR

AMINLAR — ammiakdagi vodorod atomlarining organik radi kallarga almashinishidan hosil boʻlgan birik malar. Ammiakdagi nechta vodorod atomi radikalga almashinganiga qarab, birlamchi, ikkilamchi va, nihoyat, uchlamchi Aminlar deyiladi. Aminlar molekulasidagi aminoguruh soniga qarab mono-A., di-A. va uch-A. ga boʻlinadi. Ular, ammiak singari, asos xos-salarini namoyon qiladi, lekin aromatik Aminlar ammiakka nisbatan ancha kuchsiz, alifatik Aminlar esa kuchli boʻladi. Aminlar, odatda nitrobirikmalarni qaytarish yoki uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ammiak taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Ular ichida eng ahamiyatlisi aromatik Aminlar dir. Uni ilk bor 1842-y. da N. N. Zinin sintez qilgan. 1849-y. da esa Sh. Vyurs alifatik Aminlarni kashf qildi. Aminlarning baʼzilari tabiatda erkin holda alkaloidlar, aminokislotalar tarzida uchraydi. Ular boʻyoq sanoatida, plastmassalar olishda, tibbiyotda juda koʻp qoʻllaniladigan sulfanilamid preparatlar olishda ishlatiladi (yana q. Biogen aminlar).


Lotin alifbosida maqola: AMINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
AFRIKA
AZOBOʻYOQLAR
AVSTRALIYA
ABDULLA QODIRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты