AMYOBALAR (Amoebida) — soxtaoyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali umurtqasiz hayvonlar turkumi (ayrim manbalarda sinf). Baʼzi Amyobalarning dia-metri 20 mk cha; yirik A. (Amoeba proteus) 700 mk keladi. Amyobalar chuchuk suvlarda, nam tuproq va qumda yashaydi. Dengizlarda ham bor. A. ning qattiq qobigʻi boʻlmaydi, shu sababli ularning gavda shakli doim oʻzgarib turadi, soxta oyoqlari bilan siljiydi. Baʼzi Amyobalar xivchin chiqaradi. Amyobalar bakteriyalar, mayda suvoʻtlar va h. k. bilan ovqatlanadi. Noqulay sharoitda Amyobalar gavdasi yumaloqlanib, qattiq qobiq hosil qiladi va sistaga aylanadi. Ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuomar bajaradi. Amyobalar, asosan, ikkiga boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Amyobalarning bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Asosiy turlari: erkin yashovchi oddiy amyoba (Amoeba proteus) va odam ichagida parazitlik qiluvchi ichburugʻ amyobasi (A. histolitica).