AMINOFENOLLAR, aminogidroksibenzollar, gidroksianilinlar — organik birikmalar. Aminofenollar mfoter birikmalar boʻlib, kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. Uch xil izomeri bor. o-A., suyuqlanish t-rasi 174°, m-A., suyuqlanish t-rasi 123° va p-A., suyuqlanish t-rasi 186°. Orto — va paraizomerlar havoda oksidlanib jigarrang tusga kiradi, metaizomer esa barqarorroqdir. Aminofenollar nitrofenol yoki nitrofenollarni qaytarish yoʻli bilan olinadi. Aminofenollar olgingugurtli boʻyoqlar va azoboʻyoqlar i. ch. da qoʻllaniladi. Bundan tashqari, p-A. «a ularning hosilalari, mas, metol, amidol fotografiyada ishlatiladi. p – va o-A. moʻyna hamda jun mahsulotlarini, o-A. ning N-metil hosilasi esa sochni jigarrangga boʻyashda qoʻllaniladi. m-A. p-aminosalitsilat kislota i. ch. da oraliq mahsulot hisoblanadi.