AMINOFENOLLAR

AMINOFENOLLAR, aminogidroksibenzollar, gidroksianilinlar — organik birikmalar. Aminofenollar mfoter birikmalar boʻlib, kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. Uch xil izomeri bor. o-A., suyuqlanish t-rasi 174°, m-A., suyuqlanish t-rasi 123° va p-A., suyuqlanish t-rasi 186°. Orto — va paraizomerlar havoda oksidlanib jigarrang tusga kiradi, metaizomer esa barqarorroqdir. Aminofenollar nitrofenol yoki nitrofenollarni qaytarish yoʻli bilan olinadi. Aminofenollar olgingugurtli boʻyoqlar va azoboʻyoqlar i. ch. da qoʻllaniladi. Bundan tashqari, p-A. «a ularning hosilalari, mas, metol, amidol fotografiyada ishlatiladi. p – va o-A. moʻyna hamda jun mahsulotlarini, o-A. ning N-metil hosilasi esa sochni jigarrangga boʻyashda qoʻllaniladi. m-A. p-aminosalitsilat kislota i. ch. da oraliq mahsulot hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: AMINOFENOLLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZOBOʻYOQLAR
ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI
ASOS BOʻYOQLAR
AMIR TEMUR
Nelly Furtado - Más


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты