BANKIV TOVUGʻI

BANKIV TOVUGʻI, yovvoyi tovuq (Gallus gallus) — tovuqsimonlar turkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub parranda. Jan. Osiyoda keng tarqalgan. Bu yerlarda hozir ham uchraydi. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon va butazorlarda yashaydi. Ch. Darvin B. t. xilma-xil zotli xonaki tovuqlarning yovvoyi ajdodi ekanligini aniqlagan. Bankiv tovugʻi Hindistonda mil. av. 3000 yil ilgari qoʻlga oʻrgatilgan. Uy tovuqlari Hindistondan Eron orqali Yevropaga tarqalgan degan taxminlar bor. U qoʻlga tez va oson oʻrganadi. Parvarish qilish, tanlash va chatishtirish yoʻllari bilan yovvoyi tovuqdan katta farq qiladigan xonaki tovuq zotlari yetishtirilgan. Bankiv tovugʻining rangi dakang xoʻrozning rangiga oʻxshaydi. Xoʻrozining ogʻirligi 900 — 1250 g, makiyoniniki 500 — 550 g. B. t. yaxshi uchadi; kechalari daraxtda tunaydi. Makiyoni 5—13 donagacha maydaroq tuxum qoʻyadi. Bankiv tovugʻi har xil don, urugʻ, meva va umurtqasiz mayda jonivorlar bilan ovqatlanadi.


Lotin alifbosida maqola: BANKIV TOVUGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
HINDISTON
YAPONIYA
XITOY
TOVUQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты