BENZIN (frans. benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash t-rasi — 60° , alangalanish t-rasi 0° dan past, zichligi 680—780 kg/m3. Havoda Benzin butlari konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. Benzin, asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli b-n; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash yoʻli bilan (q. Gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yoʻlakay gazlardan olinadi. Benzin asosan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi. Benzin erituvchi, yuvadigan suyuklik sifatida va b. maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Yonilgʻi sifatida ishlatiladigan Benzin avtomobil va aviatsiya bsnzinlariga boʻlinadi.
Benzinning eng muhim ekspluataiion xossasi — detonatsion turgʻunligi, yaʼni dvigatelda Benzin qisilgan vaqtda oʻzuzidan alangalanib ketishiga qarshilik qila olishidir. Benzinning antidetonatsion xossalari oktan soni b-n, aviatsiya Benzinning shunday xossalari yana B. boy aralashmasining navliligi bilan baholanadi. Bir xil rejim va birday sharoitda (etalon yonilgʻiga nisbatan) sin al ganda dvigatelda detonatsiya boshlanish rejimida indikator bosimishshg kattaligini koʻrsatadigan son (foizlarda ifodalanadi) Benzinning navliligi deb ataladi. Benzinning oktan soni yoki navliligi qancha yuqori boʻlsa, antidstonatsion xossalari oʻshancha yaxshi boʻladi. Benzin ana shu xossalarga asosan rusumlarga boʻlingan (aviatsiya Benzinning turgʻunligini oshirish uchun unga tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshiladi). Bunday (etillangan) Benzin zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyoj boʻlish zarur. Etillaigan Benzinni etillanmagan Benzindan ajratish uchun unga rang qoʻshib qoʻyiladi. Oʻzbekistonda 3 ta neftmi qayta ishlash korxonasi (Fargʻona, Oltiariq va Buxoro) mavjud boʻlib. ular «Oʻzneftniqaytaishlash» aksiyadorlik kompaniyasiga boʻysunadi. Bu korxonalarda etillanmagan va etillangan A72 va A76, etillangan A92 va etillanmagan Li93 hamda Ai95 rusumidagi avtoben,inlar, shuningdek B92 rusumli aviatsiya benzini ishlab chiqariladi. Benzin inson organizmiga asosan oʻpka orʻt kirib, salbiy taʼsir etadi. Benzin bugʻl,idan bir yoʻla zaharlangan kishining . shi ogʻriydi, tomogʻida noxush sezgi ʻaido boʻladi, yoʻtal tutadi, koʻz va burfch shilliq pardasi taʼsirlanadi, qattiq zaharlangan kishining boshi aylau^di, gandiraklaydi, tomir urishi siyfslashadi. Benzindan surunkasiga zaxarlan,y kishining boshi ogʻriydi. uyqusi s iladi, injiq, tez charchaydigan boʻlib ; (ladi, ozib ketadi, yurak sohasi ogʻriyd»| va h. k. Bir yoʻla zaharlangan kishi sof i^iBora olib chiqiladi, kislorod beriladi, yurakni quvvatlaydigan va asabni tinchlaoʻtiradigan dorilar buyuriladi; nafasi toʻxtab qolgan boʻlsa, sunʼiy nafas oldiriladi. Benzin meʼdagatushgan boʻlsa, oʻsimlik moyi (30—50 g) ichiriladi. Surunkasiga zaxarlangan kishi organizmini mustahkamlash maqsadida umumiy davo qilinedi. fizioterapiya buyuriladi. Benzin b-n ishlashdan vaqtincha chetlatlladi. Asab va endokrin bezlarning funksional kasalliklari boʻlgam kishilar Benzin bilan ishlashga qoʻyilmaydi.
Ad.: Topliva, smazochnыye materialы, texnicheskiye jidkosti. Assortimentы i primeneniye (spravochnoye izdaniye pod red. V. I. Shkolnikova). M., 1989.
Ehson Umarov.