BULUNGʻUR TUMANI

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim. da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan. garbda Toyloq tumani, jan. da Urgut tumani va jan. sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,76 ming km2. Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumanida 1 shahar (Bulungʻur) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Kulchabiy, Navoiy, Sohibkor, Fozil Yoʻldosh, Oʻrtabuloq, Qildon) bor. Markazi — Bulungʻur sh.

Tabiati. Bulungʻur tumani Turkiston tizmasining jan. gʻarbidagi togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Yer yuzasi tekislik. Tuman sharkuna Gʻubdintogʻ bor. Yer usti tuzilishi togʻ oldi tekisliklari, adirlar, past togʻlardan iborat boʻlib, mutlaq bal. 800 — 1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —0,3°, iyulniki 25,5». Yiliga 377—467 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—230 kun. Adirlarda Axtambuloq, Karabkibuloq, Mirzabuloq kabi buloqlar bor. Tuman hududidan Bulungʻur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonariq, Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq kabi ariq va kanallar oʻtadi. Qumloq va boʻz tuproqlar tarqalgan. Shuvoq, efemer, efemeroidlar oʻsadi. Toʻqayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, parrandalardan tustovuq, kaklik, bedana yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 157 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23,2 ming kishi, qishloq aholisi 93,6 ming kishi.

Bulungʻur tumanida oʻrta asrlarda xonlarning Bedana qoʻrugʻi deb ataluvchi dam oladigan joyi boʻlgan.

Bulungʻur tumani hududida 1451-y. da Samarqand hukmdori Mirzo Abdullo 6nAbu Said qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. Jangda Mirzo Abdullo qoʻshini yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan.

Xoʻjaligi. Bulungʻur tumanida 11 q. x. mahsulotlarini qayta ishlash sanoat korxonasi, shu jumladan 8 tasi uzumni qayta ishlashga, 2 tasi konserva mahsulotlari i. ch. ga, 1 tasi meva va sabzavotlarni quritishga ixtisoslashgan. Samarqand bolalar oyoq kiyimlari i. ch. korxonasining filiali, Bulungʻur terini qayta ishlash korxonasi, Samarqand «Gelion» z-di filiali bor.

Q. x. ning asosiy tarmoqlari tokchilik, pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, sabzavotchilik, kartoshkachilikdan iborat. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 19 ming ga, ekinzorlar 31 ming ga, shu jumladan 5877 ga yerga tok, 2000 ga yerga sabzavot, 750 ga yerga kartoshka, 14525 ga yerga gʻalla, 2144 ga yerga mevali daraxtlar ekilgan. Bulungʻur tumanida 20 shirkat xoʻjaligi, 33 dehqon va fermer xoʻjaligi va b. xujaliklar bor (2000). Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 41,6 ming krramol, 30,6 ming qoʻy va echki, 42,0 ming parranda boqiladi (2000). Toshkent — Buxoro t. y. ning 19 km Bulungʻur tumanidan oʻtgan va toʻliq elektrlashtirilgan. Bulungʻur tumanidan Olmaota — Toshkent — Termiz avtomobil nuli oʻtgan boʻlib, uz. 22 km.

1999/2000 oʻquv yilida 66 umumiy taʼlim maktabida 31,6 ming oʻquvchi, 2 kasbhunar litseyida 1058 oʻquvchi taʼlim oldi. 45 ommaviy va bolalar kutubxonasi, xalq teatri, «Yoshlik» ashula va raqs ansambli, «Chavki» folklor etnografik xalq ansambli, 70 havaskorlik toʻgaragi va bolalar musiqa maktabi faoliyat kursatadi. 15 madaniyat uyi, 460 oʻrinli 2 kasalxona va dispanser, epidsmiyaga qarshi st-ya, xoʻjalik hisobidagi profilaktik zararsizlantiruvchi st-ya, 4 poliklinika, 36 feldsherakusherlik, 7 qishloq vrachlik punktlari boʻlib, ularda 236 vrach, 539 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1933-y. dan «Bulungʻur hayoti» tuman gaz. chiqadi.


Lotin alifbosida maqola: BULUNGʻUR TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AVSTRALIYA
ARNASOY TUMANI
AFRIKA
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты