BALIQ OVLASH

BALIQ OVLASH — xalq xoʻjaligi sohasi. Baliq okean (dengiz), qirgʻoq boʻyi, koʻl va daryolarda ovlanadi. Baliq okean (dengiz)da uzoq vaqt suza oladigan, baliqchilik va baliqni qayta ishlashga oid asbob-uskunalar (tral, yoyma va drifter toʻr) bilan jihozlangan kemalarda tutiladi (q. Baliqchilik asboblari). Shuningdek, qirgʻoqdan uzoq masofada Baliq ovlashda maxsus ekspeditsiya xizmatidan foydalaniladi. Baliq ovlash ekspeditsiyasiga bevosita Baliq ovlash ishlari bilan shugʻullanuvchi kemalardan tashqari baliqni joyida qabul qilib oladigan va bir yoʻla qayta ishlaydigan, qidiruv ishlarini olib boradigan kemalar, tankerlar xizmat qiladi. Baliq ovlash texnikasi ancha takomillashtirilgan, samolyot, vertolyot, projektor, radiolokatsiya yordamida Baliq ovlash usullari joriy etilgan. Oʻzbekistonda, asosan, Qoraqalpogʻistoining shoʻr koʻllarida, yirik suv omborlarida, shuningdek Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida baliq ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: BALIQ OVLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
BALIQCHILIK
AVIATSIYA
BALIQCHILIK ASBOBLARI
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты