BARIY SULFAT

BARIY SULFAT, BaSO4 — tuz, rangsiz kristall modda. a-(1150° gacha turgʻun) va E-(1150° dan 1580° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Zichligi 4500 kg/m3. Suyuqlanish t-rasi 1580°. Suvda juda oz (18° da 1 l da 2 mg), konsentrlangan sulfat kislotada esa yaxshi eriydi. Tabiatda barit minerali holida uchraydi. Yelim, rezina, linoleum, qogʻoz, fotoqogʻoz i. ch. da, qogʻozni oqartirishda, litopon (oq boʻyoq) olishda, neft quduqlarini burgʻilashda qoʻllaniladigan ogʻir suyuqlik tarkibida va b. da ishlatiladi. Bariy sulfat rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun meʼda-ichaklarni rentgen apparatida tekshirihdan oldin bemorlarga Bariy sulfat ichiriladi.


Lotin alifbosida maqola: BARIY SULFAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
BELILA
AMMONIY NITRAT
ALYUMINIY OKSID
AKVAREL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты