BAROKAMERA

BAROKAMERA — barometrik bosimni sunʼiy ravishda oʻzgartirishga imkon beruvchi germetik kamera. Past bosimli (vakuumli), yuqori bosimli (kompression), muqim (statsionar) va koʻchma turlari boʻladi. Eng koʻp tarqalgan turi past bosimli Barokamera ; unda bosimni atmosfera bosimidan boshlab mm sim. ust. ulushlarigacha (1 mm sim. ust. =133,322 n/m2) oʻzgartirish mumkin. Barokamera hajmi m3 ulushlaridan bir necha yuz m3 gacha. Past bosimli B . dan kosmik tibbiyotda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli hodisalarning inson va hayvonlar organizmiga taʼsirini oʻrganishda, balandlik mashqlarini oʻtkazishda, kosmosda ishlatiladigan jihoz va asboblarni sinashda foydalaniladi. Ichki t-rani oʻzgartirsa boʻladigan Barokamera termobarokamera deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: BAROKAMERA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
AFRIKA
BERUNIY
AVSTRALIYA
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты