BOZOR IQTISODIYOTI

BOZOR IQTISODIYOTI — tovarpul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. B. i. insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar i. ch. tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha i. ch., uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib i. ch. ni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.

Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.

Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti, madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-a. ning 30-y. larida boshlanib, 80-y. larga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va b. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini xarakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi q(. Bozor iqtisodiyoti modellari).

Ad. ; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.

Ahmadjon Oʻlmasov, Sherqul Shodmonov.


Lotin alifbosida maqola: BOZOR IQTISODIYOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARALASH IQTISODIYOT
BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISH
ANDIJON VILOYATI
BOZOR ISLOHOTLARI
AGRAR ISLOHOTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты