BOLTA

BOLTA — yogʻochni chopish, kesish, yoʻnish, yorish, daraxt agʻdarish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Metall kallak va yogʻoch dastadan iborat. Tigʻi dastasiga parallel boʻladi. Bolta kallagi uglerodli poʻlatdan tayyorlanib, tigʻiga asbobsozlik poʻlati payvandlanadi va toblanadi, dastasi qattiq yogʻochdan 40—50 sm uzunlikda yasaladi. Boltaning katta bolta (ogʻirligi 3 kg gacha), oʻrta bolta (2,5 kg gacha), boltacha (1 kg gacha) va oybolta kabi xillari bor. Neolit va jez asrlarida yoʻnib tayyorlangan tosh B. lar ishlatilgan. Jez davrida zoʻgʻotali (dasta uchun teshikli) mis va jez Bolta paydo boʻlgan; temir asrida zoʻgʻotali temir Bolta tarqalgan. 19. a. oxirlarigacha Bolta yasash temirchiliknlng alohida tarmogʻi boʻlib, Bolta ustasi boltachitemirchi deb yuritilgan. Osiyoda jangovar bolta — oybolta ayniqsa koʻpaygan. Boltani Buxoro va Samarqandda «tovar» (fors. toj. — tabar) deb atashgan. Bolta «Devonu lugʻotit turk» (11 a.) da baldu, «Tafsir» (12-a.) da bolta, «Muqaddimat uladab», «Qisas ulanbiyo» (13 — 14-a. lar), «Boburnoma» (15—16-a. lar) da boltu tarzida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: BOLTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
ASBOBSOZLIK POʻLATI
BUXORO XONLIGI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты