BIY

BIY — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshligʻi, toʻrasi;

2) yuqori mansabli kishilarni ulugʻlash uchun ishlatilgan soʻz yoki ularga berilgan unvon;

3) koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning urugʻ oqsoqollariga berilgan unvon. 17 — 19-a. larda Biylar yirik oʻzbek qabila va uruglarga boshchilik qilib, faqat markaziy hukumatga itoat etgan;

4) Xiva xonligida otal iqlarlan keyin keladigan mansab. Abulgʻoziy Bahodirxon oʻz yonidan Biy larga toʻrtta oʻrin bergan. Biylar navkarlarta sarkardalik qilganlar;

5) Buxoro xonligida xizmat pogʻonasining 9mansabi; amorat panoh unvoni boʻlgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham oʻzida saqlab qolgan (yana q. Bek).


Lotin alifbosida maqola: BIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XIVA XONLIGI
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
BUXORO XONLIGI
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты