BOSIM

BOSIM — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa yoki kgk/sm2 da oʻlchanadi. Jism sirtiga tik taʼsir qiladigan kuchlar Bosim kuchlari deb ataladi (mas, bino poydevorining zaminga taʼsiri, suyuklikning idish devoriga taʼsiri va h. k.). Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda Bosim P=F/Sh bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S — jism sirti. Bosimning bir necha turi mavjud. Gidromexanik Bosim — suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik Bosimning atmosfera bosimidan ortishi ortiqcha Bosim, atmosfera bosimidan kichik Bosim vakuummetrik Bosim deb ataladi. Dinamik B, — harakatdagi suyuqlik zarrasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va b. xil Bosimlar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit Bosim lari birgalikda mutlaq B. deyiladi. Bunday Bosim ata bilan ifodalanadi. Fan va texnikada juda kichik (q. Vakuum texnikasi) va juda yuqori Bosimlar bilan ish koʻriladi. Kichik Bosimlar asosan tor bilan (q. Vakuum), atmosfera Bosim idan yuqori Bosimlar atmosfera (atm), millimetr simob ustuni (mm sim. ust.) yoki millimetr suv ustuni (mm suv ust.) bilan oʻlchanadi. Meteorologiyada Bosim birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida (q. Birliklar tizimi) B. birligi sifatida N/m2 (kvadrat metrga nyuton), SGS tizimida — dina/sm2 (kvadrat santimetrga dina), MKGSS tizimida — kgk/m2 (kvadrat metrga kilogramm kuch) qabul qilingan. Bosim barometr, datchik va manometr bilan oʻlchanadi.


Lotin alifbosida maqola: BOSIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
BUGʻ-KUCH QURILMASI
AVIATSIYA
AERODINAMIK ISISH
ARXIMED QONUNI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты