BROM (lot. Bromum, yun. bromos) , Br — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, at. m. 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 7,25°, qaynash t-rasi 59,2°. Fransuz kimyogari A. J. Balar 1826-y. da Oʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. Bromning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610»%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor b-n birga uchraydi. Brom li tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. Brom kaliy va alyuminiy b-n tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Brom kuchli oksidlovchi. Brom suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. Bromning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.
Brom dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mg Brom boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va b. kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. Brom birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi.