BOR

BOR (lot. Borum) , V — Mendeleyev davriy sistemasi III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 5, at. m. 10,811. Tabiiy Bor ikkita barqaror izotopdan iborat: 10V (19,57 %) va «V(80,43 %). B. ning radioaktiv izotoplari olingan. Borni birinchi marta J. GeyLyussak va L. Tenar 1808-y. da bor angidridi V2O3 ni metall holdagi kaliy ishtirokida qizdirish usuli bilan olgan. Bor yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 3Yu4 % ini tashkil etadi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Lekin Bor birikmalari koʻpincha yer ostidan chiquvchi suvlarda hamda qoldiq jinslar tarkibida, neft suvlarida, dengiz, shoʻr koʻllar, issiq suvlarda, vulqon lavalari va tuproqlarda uchraydi.

Bor — rangeiz, kulrang yoki qizil rangli kristall yoxud qora rangli amorf modda. Uning rangi va holati allotropik shakl oʻzgarishiga bogʻliq. Borning 10 dan ortiq allotropik modifikatsiyalari maʼlum. Bor qattiqligi jihatidan barcha moddalar orasida ikkinchi oʻrinda turadi (olmosdan keyin). Uning Moos boʻyicha qattikligi 9,3, mikroqattiqligi esa 30,4 GPa ga teng. Suyuqlanish t-rasi 2075°, qaynash t-rasi 3658°. Elektr tokini yomon oʻtkazadi. Bor koʻpgina birikmalarda 3 valentlik boʻlib, kompleks tuzlar hosil qilishga moyil. Amorf hoddagi Bor kristall holdagiga nisbatan birmuncha faolroq hisoblanadi. Bor kimyoviy reaksiyalarga suyet kirishadi. Tra oshgan sayin uning faolligi orta boradi. Yuqori trada Bor kislorod, oltingugurt va galogenlar b-n birikadi. 700° gacha qizdirilganda bor angidridi V2O, ni hosil qiladi. 900° dan yuqorida azot bilan birikib, bor nitrid BN, kumir bilan qizdirilganda bor karbid V4S, metallar bilan esa boridlar beradi. Oddiy sharoitda Bor kislotalarda erimaydi, lekin konsentrlangan nitrat kislotada borat kislota (N3VO3) gacha oksidlanadi. Konsentrlangan ishqor erigmalarida astasekin erib, boratlar hosil qiladi. Borning kompleks birikmalaridan borgidridlar, mas, VGʻ3 bilan NGʻ ning birikishidan hosil boʻladigan f-torborid yoki borftorid kislota N[VGʻ4] bilan Na [VGʻ4] ahamiyatli. Elementar B. tabiiy manbalardan bir necha bosqich bilan olinadi. Maye, boratlarni issiq suvda yoki sulfat kislotada parchalab borat kislota olinadi, uni suvsizlantirib bor angidridi hosil qilinadi. Soʻngra angidridni magniy, natriy, kalsiy, rux, kaliy yoki temir bilan qaytarib qoraqoʻngʻir rangli kukun holidagi Bor olinadi va nitrat kislota bilan tozalanadi. Yarimoʻtkazgichlar sanoati uchun kerakli Bor galogenidlardan olinadi va h. k.

Bor poʻlatlar qattiqligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, yadro reaktorlarida ishlatiladigan oʻzaklar tayerlashda va b. maqsadlarda ishlatiladi. Borning koʻpgina birikmalari (mas, borat kislota va uning tuzlari, VGʻ3 va b.) dan sanoatda keng foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: BOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZOT
AFRIKA
BERUNIY
BRAZILIYA
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты