BUTADIYEN, divinil, SN2=SNSN=SN3 — organik birikma; qoʻlansa hidli rangsiz gaz. Mol. m. 54,09. Suyuqlanish t-rasi — 108,9°, qaynash t-rasi 4,5°. Zichligi 621 kg/m3 (20°). Suv, spirtda yomon, kerosin va organik erituvchilarda yaxshi eriydi; havo bilan portlaydigan aralashma hosil qiladi. Qoʻsh bogʻlari borligidan vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar va b. elektrofil reagentlarni biriktirib oladi: SN2=SNSN=SN2+Vg2»SN2Vg SN=SN—SN2Vg. B. oson polimerlanib, qimmatli kauchuklar (butadiyen kauchuklar, butadiyennitril kauchuklar, butadiyenstirol kauchuklar, vinilpiridin kauchuk) hosil qiladi. Neftni qayta ishlash gazlari bilan yoʻlakay gazlardagi normal butan va butilenlarni katalitik degidrogenlash yoʻli bilan Butadiyen olish sanoatda eng samarali usuldir. Etil spirt bugʻini degidratlovchidegidrogenlovchi katalizator yuzasidan oʻtkazish yoʻli bilan ham Butadiyen olinadi. Butadiyen neft mahsulotlarini piroliz kilish gazlaridan etilen va b. olefinlar i. ch. da ham hosil boʻladi. Butadiyen sintetik kauchuklar olishda asosiy monomerlardan biri sifatida, plastmassa sanoatida, xloropen, butilenglikol va b. organik moddalar sintez qilishda ishlatiladi.