BUXORO ARKI

BUXORO ARKI — Buxorodagi qad. shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. 1-a. da qurilgan. Shaharning qad. qalʼasi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (9 — 10-a. lar) qayta qurilib devor va burjlar b-n mustahkamlangan. Krraxoniylar davrida (11—12-a. lar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (13-a.) ark bir necha bor vayron qilingan. Hoz. qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-a.)da shakllangan.

Bal. 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning mayd. 4 ga, tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan. Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali gʻarbdagi ulkan darvozadan (16a.) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi «guldasta» va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yertoʻlalar boʻlgan. Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona) siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.

Arkning shim. gʻarbiy burchagida toʻpchi boshin. ing uyi va taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qilinadigan joy) bor. Zarbxonaning shim. sharqida zargarxona, jan. da devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar boʻlgan (baʼzilari hozir ham bor). Jome masjiddan boshlangan tor yoʻlak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli — koʻrinishxona oʻrnashgan. Unda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga oʻtirish marosimlari oʻtkazilgan. Hovliga kiraverishda nakshli peshtoqboʻlgan (1605). Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar boʻlib, ularning tepasi kalla muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining jan. tomonida «Rahimxon mehmonxonasi» va qorixona qurilgan (18-a.). Bu binolar tagida yertoʻlalar boʻlib, ularda xazina sakdangan. Buxoro arkining shim. sharqidagi Buxoro zindoni mangʻitlar saltanati davrida qurilgan.

Arkning gʻarb tomonidagi hovlida mirzalar va b. xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida — salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Jan. da hammom, hammomning sharq tomonidagi kichkina masjid hozirgacha saqlangan. Arkning markazida oʻrda (amir xotinlari turadigan uylar), shim. da qushbegi xotinlari turadigan uylar, hammomning sharqida amir haramidagi qizlarning uylari, sharqida zodagonlar yashaydigan uylar bor. Shim. sharqiy burchakda Childuxtaron masjidi va Battol Gʻoziy mozori boʻlgan. Arkning sharqiy devori boʻylab gʻulombachcha (soqchilar kazarmasi), jan. sharqiy burchagida dorixona (oʻqdorilar ombori) joylashgan (arkning gʻarbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina sakdangan). Arkdagi qariyb 80 foiz imorat saqlanmagan. Arkning markazida (poydevor qoldiklari va xarobalari orasida) yer tagidan oʻtgan moʻrilar ark ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar koʻrinib turadi. Bular oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Buxoro arki darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qoʻyilgan. Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shim. da esa qurolyarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan.

Buxoro arkining shim. sharqidagi «Childuxtaron» maqbarasi, jan. gʻarbda «Battol Gʻoziy xonaqohi», xos hammom qoldiqlari saqlangan. 1990-y. da arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi [yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi] aniqlandi.

Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. «Goʻriyon» darvozasi qayta tiklandi va b. obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi joylashgan.

Poʻlat Zohidov, Umar Rashidov.


Lotin alifbosida maqola: BUXORO ARKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
AFROSIYOB
BERUNIY
ANDIJON VILOYATI
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты