BIRLAMCHI TRAXEYALILAR

BIRLAMCHI TRAXEYALILAR (Rgotracheata) — onixoforalar (onychophora) tipining, asosan, tropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan sinfi. Tuzilishi halqali chuvalchanglarga oʻxshash. Qurtsimon tanasi boʻgʻimlarga (13 dan 43 gacha) boʻlingan, boʻgʻimlarining ikki yonida bir juftdan boʻgʻimlarga boʻlinmagan oddiy oyoqlari va oyoqlarining uchida bir juftdan xitinlashgan tirnoqchalari bor. Tana uz. 4—15 sm, yupka xitinli kutikula bilan qoplangan. Boshida bir juft uzun moʻylovi, ular asosida bir juft oddiy koʻzi bor. Boshining pastki tomonida soʻrgʻichlar bilan oʻralgan ogʻzi va ikkita ogʻiz oldi soʻrgʻichlari joylashgan. Ogʻzida bir juft xitin plastinkadan iborat jagʻi boʻladi. Tana boʻshligi aralash (miksotsel). Bosh miyasi 3 ta boʻlimdan iborat. Nafas organi vazifasini sodda tuzilgan, oʻzaro tutashmagan bir tutam traxeya naychalari bajaradi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Ichagi naysimon, ayirish organi har bir oyogʻining ostki tomonida joylashgan metanefriydan iborat. Ayrim jinsli, asosan tirik tugʻadi. 70 ta turi bor. Jan. va Gʻarbiy Afrikada, Markaziy va Jan. Amerikada, Indoneziyada, Avstraliyaning jan. sohillarida, Yangi Zelandiya va Shim. Hindistonda tarqalgan. Toshlar, chirigan yogochlarning ostida yashaydi. Yirtqich, oʻljasini ogʻizoldi soʻrgʻichlaridan chiqaradigan yopishqoq suyuq modda yordamida tutadi.


Lotin alifbosida maqola: BIRLAMCHI TRAXEYALILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BOʻGʻIMOYOQLILAR
ONIXOFORALAR
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты