ARABSHUNOSLIK

ARABSHUNOSLIK — arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va madaniyatini tadqiq etuvchi fanlar majmui. Arabshunoslik asli arab boʻlmagan (mas, turkiy boʻlgan), lekin arab tilida ijod qilgan olimlarning madaniy meroslarini ham oʻrganadi. A. Gʻarbiy Yevro-pada 16-a. oxirida vujudga keldi. Rim, Parij, Leyden uning asosiy markazlari boʻlgan. 19-a. — 20-a. boshlarida arab grammatikasi, leksikografiya va adabiyetshunoslik boʻyicha Silvestr de Sasi, J. Belo (Fransiya), K. Kaspari (Norvegiya), U. Rayt, R. Nikolson (Buyuk Britaniya), G. Fleysher, T. Nyoldeke, K. Brokkelman, G. Freytag, X. Ver (Germaniya), Ya. Goldus (Gollandiya), I. Goldsiyer (Vengriya) i. t. ishlari olib borganlar. Arab mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, K. Kazn (Fransiya), K. Bekker (Germaniya), D. Dennet, B. Lyuis, G. A. R. Gibb (Angliya), K. A. Nallino, E. Rossi (Italiya), G. Kampfmeyer (Germaniya), Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh. Issavi (AQSH), A. Xaurani, S. Longrigg (Buyuk Britaniya), J. Berk (Fransiya) va b. arab-shunoslar shugʻullanganlar.

Hoz. Arabshunoslik bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga, Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Xartum, Haydarobod un-tlarida, shuningdek Arab mamlakatlari ligasi (Tunis) qoshidagi Arab oliy bilimlari in-ti, Islomshunoslik in-ti (Bagʻdod), Sharq va Afrika mamlakatlarini oʻrganish maktabi (London), Sharq tillari maktabi (Parij) va b. ilmiy markazlar shugʻullanadi.

Rossiyada Sankt-Peterburg, Moskva, Ukrainada Xarkov, Tataristonda Kozon un-tlarida arab tili oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Sankt-Peterburg Arabshunoslik markazi boʻlib qolgan (19-a.). Rossiyadagi Arabshunoslikka nemis arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akad. B. D. Dorn, prof. V. V. Grigoryev, prof. V. F. Girgas, akad. V. R. Rozen kabi arabshunos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid koʻplab ilmiy asarlar yaratganlar.

20-a. 20-yillar boshlarida Toshkent, Tbilisi va Bokuda Arabshunoslik maktablari vujudga keldi. V. V. Bartold, A. Ye. Krimskiy, I. Yu. Krachkovskiy, M. A Salye, A P. Kovalevskiy, T. A. Shumovskiy, P. G. Bulgakov, P. A. Gryaznevich, A. B. Xolidov va b. oʻrta asrlar arab yodgorliklarini tarjima qilib, nashr ettirdilar. 30 — 60-y. larda G. V. Sereteli va I. N. Vinnikovlar Oʻrta Osiyo arablarining tili haqida monografiyalar yezdi. 70 — 80-ylarda arab mumtoz va hoz. zamon adabiyoti, tilshu-nosligiga qizikish kuchayib, bu haqda koʻplab ilmiy asarlar yaratildi, eng muhim asarlar tarjima qilindi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, hoz. Oʻzbekiston hududida arablar istilosi (8-a.)dan keyin arab tili din va ilm-fan tiliga aylangach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xoraz-miy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Samʼoniy va b. ning fanning turli sohalari — falsafa, mantiq, geol., tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, folklori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va b. ga doir risolalari Sharq va Gʻarb arabshunoslari uchun hoz. ham eng muhim tadqiqot manbai boʻlib qolmoqda. Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari koʻplab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida (xususan arab olamida ham) yuqori baholanib, tan olingan. 19-a. 80 — 90-y. larida, ayniqsa, 20-a. boshlarida Turkistonda Rossiyaning mustamlakachilik maqsadidan kelib chiqqib Arabshunoslik ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Toshkentda «Arxeologiya havaskorlarining Turkiston toʻgaragi» (1895), keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimi vujudga keddi. Oʻzbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fikx, tarix va b. ga oid asarlar, lugʻatlar, arabchadan oʻzbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi.

Fitrat A. sohasida birmuncha ilmiy ishlar qildi. Arabshunos Arabshunoslik Shmidt arab tili, adabiyoti, islom tarixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qoʻlyozmalarga tavsif yezdi, ularni qayta koʻchirdi. Sharq-shunos S. Mirzayev arab tilshunosligiga oid «Arab tili grammatikasi» nomli ilmiy asar yezdi (1944). Oʻzbek arabshunoslari (U. I. Karimov, H. Hikmatullayev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va b.) arab tilida ijod etgan olimlar asarlarini tadqiq etish va ularni oʻzbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bordilar. Ar-Roziyning «Sirr al-asror» («Sirlar siri») nomli arabcha asarining yagona qoʻlyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha «Al-Qonun fittibb» («Tib qonunlari») asari (rus va oʻzbek tillarida, 1-nashri 1954—61 va 2-nashri 1979—83) tarjima qilinib, nashr etildi. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini oʻrganish borasida ham muhim ishlar kilindi. Uning tanlangan asarlari (5-jilddan iborat) Oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari toʻplami «Tanlangan asarlar» (1983), «Astronomiyaga oid risola»si (1983) ham tarjima kilinib nashr etildi. Oʻzbek arabshunos olimlari arabcha qoʻlyozmalarni — «Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining sharq qoʻlyozmalari toʻplami»ni nashrdan chiqardilar (rus tilida, 11 jildli katalog, 1952—75).

Hoz. A. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti faoliyatida ustuvor yunalishlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari zamonaviy Arabshunoslik ishiga Toshkent Islom un-ti ham salmoqli hissa qoʻshmoqda, Arabshunoslik sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti shugʻullanadi.

Ad.: Lunin B. V., Iz istorii russkogo vostokovedeniya i arxeologii v Turkestane, T., 1958; Irisov Arabshunoslik, Toshkentda arabshunoslik, T., 1964; Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1997.

Ismatulla Abdumayev.


Lotin alifbosida maqola: ARABSHUNOSLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMIR TEMUR
BOZOR IQTISODIYOTI
AVSTRIYA
AHOLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты