ADRES (frans. adrese — yubormoq) — 1) biror muassasa joylashgan yoki shaxs yashaydigan joyning batafsil nomi; manzil;
2) yozma tabriknoma, yodnoma; asosan tavallud kuni munosabati bilan top shiriladi;
3) kibernetikada elektron hisoblash mashinasi (EHM) da axboratlarning joylashgan oʻrnini aniqlovchi kod. Haqiqiy, nisbiy, timsoliy Adreslar bor. Haqiqiy Adres — axborotlar saqlanadigan yacheyka (blok, qurilma)lar raqamiga mos keladigan aniq kodlar. Nisbiy Adres alohida tanlangan yacheykadan hisoblanadigan xotira yacheykalari raqami. Timsoliy Adres dasturlashda qulaylik uchun qoʻllaniladigai Adresning shartli belgilanishi. Mashinada Adres deshifrator bilan oʻzgartiriladi. Odatda, xotira kurilmasining har bir yacheykasiga teng razryadli axborot qabul qilinadi. Yacheykalar ketma-ket raqamlangan boʻlib, ularning har biri doimiy adres-raqamga ega. Komandalarda Adres ikkilik son bilan ifodalanib, xotira kurilmasining tegishli yacheyka raqamiga teng boʻladi.