ABU MUSLIM

ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurrahmon ibn Muslim) (taxm. 727 — 755) — Xuroson va Movarounnahrda umaviylar sulolasiga qarshi harakat (q. Abu Muslim harakati) rahbari. 747-y. umaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga joʻnatilgan. U gʻalaba qozonib, xalifalik abbosiylar kuliga oʻtgach (750), Xuroson voliysi. A. M. Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning jan.-sharqay qismini sugʻoruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Abu Muslim xalqorasidagi taʼsiri, obroʻ-eʼtibori oshib ketganligi, Xurosonni mustaqil idora etishga urinayotgani boisidan xalifa Mansur buyrugʻi bilan oʻldirildi.


Lotin alifbosida maqola: ABU MUSLIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ABU MUSLIM HARAKATI
ALISHER NAVOIY
BOBUR
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты