AURA (yun. aura — esish) — tutqanoq talvasasi tutishidan oldingi holat. Turli koʻrinishda sezgilar buzilishi sifatida namoyon boʻladi. Sensor (teri sezgisi) Aurasida badanning ayrim joylarida ogʻriq, noxush sezgi, uvishib qolish, bir narsa oʻrmalayotgandek sezgi va h. k. seziladi. Koʻrish A. sida koʻz oldida, turli shakllar va ranglar (mas, qon rangi), yongʻin, chaqmoq va b. paydo boʻladi. Eshitish Axida quloqqa har xil ovoz, qichqiriq, xushtak, tasir-tusirlar va h. k. eshitiladi. Hid bilish A. sida turli xil noxush hidlar; motor Aurasida — kutilmagan harakatlar; vegetativ Aurada — koʻngil aynishi, qusish, yurak urishi, nafas olishning buzilishi, oqarib yoki aksincha qizarib ketish kuzatiladi. Koʻpincha turli xil Aura birga kechadi. Har bir bemorda Auraning bir xili uchraydi va har safar tutqanoq tu-tishdan oldin aynan shu turi bezovta qiladi.