AUSTENIT

AUSTENIT — temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843—1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda Austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori t-radagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, t-ra 727° ga yetganda ferrit va sementitga, yaʼni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boʻladi. 1147° da u-temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu t-rada Austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. T-ra pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.


Lotin alifbosida maqola: AUSTENIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMIR
UGLEROD
KRITIK HOLAT
TOSHKENT
KRITIK BOSIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты