ANDALUSIYA

ANDALUSIYA — Ispaniyaning jan. qismidagi muxtor viloyat. Mayd. 87,3 ming km2. Aholisi 7 mln. kishi (1992). Maʼmuriy markazi — Sevilya sh. Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya — Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga boʻlinadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng jan. nuqtasi — Marroki burni Andalusiya da. Andalusiya jan.-gʻarbda Atlantika okeani (Kadis qoʻltigʻi), jan.-sharqda Oʻrta dengiz b-n oʻralgan, jan. da Gibraltar boʻgʻozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei ya. o. ning eng baland nuqtasi — Mulasen choʻqqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Togʻlar doim yashil oʻrmon va butazorlar b-n qoplangan.

Q. x. da asosan, gʻalla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, sitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol (korrida oʻyinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi.

Yalpi mahsulot qiymatining 1/5 qismi sanoatga toʻgʻri keladi. Andalusiyada polimetall rudalari, temir ruda, toshkoʻmir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan kemasozlik), toʻqimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Malaga sh. kurort r-nining markazi sifatida mashhur.

Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlanmagan. Arablar 8 – a. avvalida Pireney ya. o. katta qismini egallagach, oʻsha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va b. ], soʻngra karfagenliklarning manzilgohlari boʻlgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi oʻrnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) — Xaen, Kurtuba, Sevilya, Gʻarnataga boʻlingan. 13-a. da rekonkista jarayonida Andalusiya arablardan tortib olingan (Gʻarnatadan tashqari). 1492-y. Gʻarnata egallanishi bilan Andalusiya toʻla-toʻkis Kastiliya va Aragon qirolligiga qoʻshib olingan. Andalusiyaning keyingi tarixi Ispaniya tarixi b-n uygʻunlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya sh. larida Rim davri, arab madaniyati va Uygʻonish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: ANDALUSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AFRIKA
ANDIJON VILOYATI
AFGʻONISTON
ARGENTINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты