BOʻRON — uzoq davom etadigan kuchli shamol. Odatda, siklonlarttt sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo boʻladi. Boʻron vaqtida qor koʻchib, uy va devorlar yonida qor uyumlari paydo boʻladi, t. y. va avtomobil yoʻllarini qor bosadi. Boʻron qumli choʻllarda qum koʻchishiga, dengizda suvning kuchli toʻlqinlanishiga sabab boʻladi. Boʻron vaqtida yer sirtida shamol tezligi 20 m/s dan 50 m/s gacha yetishi, ayrim paytlarda 100 m/s gacha borishi mumkin. Meteorologiyaaya dovul, poʻrtana va qasirgʻa atamalari ham Boʻronni anglatadi. Lekin bular shamolning tezligi, davom etish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi. Bofort shkalasi boʻyicha Boʻron 6—12 ball bilan baholanadi.