AKKORD

AKKORD (lot. accordo — uygʻunlashtiraman) — turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qoʻshilib sadolanishi. Akkord larning aksariyati tersiya intervali boʻylab joylashgan holda (oʻzgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etiladi.

Kvinta oraligʻidagi ikki tersiyadan iborat Akkord — uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qoʻshilsa — septakkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qoʻshilsa — nonakkord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ataladi; mazkur Akkord lardan musiqa amaliyotida keng foydalaniladi. Barcha Akkord larning pastki tovushi — asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi — tersiya toni, uchinchisi — kvinta toni, toʻrtinchisi — septima toni, beshinchisi — nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi.

Akkordlar tarkiban (katta yoki kichik ter-siyalar oldinma-ketin joylashishi jihatidan) bir-biridan farqlanadi. Asosiy tonidan hisoblanganida avval katta, soʻngra kichik tersiyalardan tuzilgan Akkord — katta yoki major uchtovushligi, avval kichik soʻngra katta tersiyalardan tuzilgan Akkord — kichik yoki minor uchtovushligi, ikki katta tersiyadan tuzilgani — orttirilgan, ikki kichik tersiyadan tuzilgani — kamaytirilgan uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlik va septakkordlar odatda musiqa tovushqatorining muayyan pogʻonalarida tuziladi. Klassitsizm davri musiqa amaliyotida I, IV va V pogʻonalarning (tonika, subdominanta va dominanta deb ataluvchi) uchtovushliklari, II, V va VII pogʻonalarning (V7 — dominant septakkord, VII, — yetakchi) septakkordlari keng qoʻllaniladi.

Akkordlar tonlari orasidagi masofaga binoan (tenor-bas oraligʻi bundan istisno) tor (kvartagacha) va keng (oktavagacha) joylashgan boʻladi. Barcha Akkordlar dissonans yoki konsonanslik xususiyatiga ega boʻlib, odatda, birinchi turdagilari konsonansli koʻptovushlilarga yechiladi (oʻtadi). Bu narsa (tarang dissonans va xushsadoli konsonans A. lar munosabati) musiqa amaliyoti, avvalo, kompozitorlar ijodi uchun katta badiiy omil vazifasini oʻtaydi. Shu boisdan har bir Akkord faqat funksional (yaʼni u yoki bu ladning muayyan pogʻonasida tuzilgan koʻptovushlik sifatida) ahamiyatga ega boʻlibgina qolmay, muhim ifoda vositasi hamdir. Akkord lardan foydalanish va ularni taxlil etishda ularga tarixan yondashish va u yoki bu ijodiy oqim, uslub hamda anʼanani inobatga olish zarur, chunki biror davr (mas, klassitsizm, romantizm, impressionizm va h. k.) mezoni boshqa davr mezoniga toʻgʻri kelmasligi tabiiy.

Ad:. Etinger M., Ranneklassicheskaya garmoniya, M., 1979,Sposobin I. V., Musiqa shakli, T., 1982.


Lotin alifbosida maqola: AKKORD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты