ALANGALANISH

ALANGALANISH — yonishni vujudga keltiruvchi jarayon; yonuvchi moddaning biror issiqlik manbai (alanga, qizigan jism, elektr uchquni) taʼsirida oʻt olib, yolqinlanib yonishi. Alangalanish yonilgʻining oʻz-oʻzidan oʻt olishidan farq qiladi; tashqi manba taʼsirisiz qizib oʻt olish oʻz-oʻzidan Alangalanish deyiladi. Mac, suyuqliklarda Alangalanish ikki bosqichda kechadi, dastlab suyuqlik bugʻlanadi, keyin yana qizdirilsa, bugʻ-havo aralashmasi hosil boʻlib alangalanadi. Suyuklikning alangalanishi uchun yetarli past t-ra Alangalanish t-rasi deyiladi. Alangalanish t-rasi yonilgʻining oʻz-oʻzidan Alangalanish t-rasidan birmuncha yuqori boʻladi. Yopiq idishdagi yonilgʻining A. t-rasiga qarab suyuq yonilgʻilar oʻt olish xavfi jihatidan sinflarga boʻlinadi va shunga yarasha alangalanmaslik chora-tadbirlari koʻriladi (q. Yonish).


Lotin alifbosida maqola: ALANGALANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
BULUT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUGʻ TURBINALI ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI
ATMOSFERA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты