ARXANGELSK VILOYATI

ARXANGELSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. Neneslar muxtor okrugi hamda Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri va Solovki olarini oʻz ichiga oladi. Viloyat shim. da Oq, Barens va Kara dengizlarga tutash. Arxangelsk viloyati Rossiyaning aholisi eng siyrak joylashgan yerlaridan biri. Aholisi 1 mln. 500 mingdan ortiq (1999), shundan shahar aholisi 1205 ming, qishloq aholisi 419 ming, asosan ruslar, neneslar va komilar. 1937-y. 23 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 587,4 ming km2. A. v. da 20 maʼmuriy tuman, 13 shahar, 40 shaharcha bor. Markazi — Arxangelsk sh.

Viloyatning markaziy qismi bir necha daryo vodiylari (Shim. Dvina va uning irmoqlari) kesib oʻtgan tekislikdan iborat. Uning kattagina qismi botqoqlik, gʻarbiy qismida pastroq qirlar, markazidagi tekislikda Timan kryaji bor. Foydali qazilmalari — koʻmir, torf va gips. Iqlimi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi gʻarbda —12°, sharqda —18*. Iyuliing oʻrtacha t-rasi viloyat jan. da 16°, shim. da 8°. Tez-tez shamol boʻlib turadi; 350—550 mm yogʻin yogʻadi. Muhim daryolari: Shim. Dvina, Onega, Pechora; koʻl koʻp (Lacha, Kenozero, Kojozero va b.). Tuproqlari gleyli tundra, podzol va botqoqtuproqpar. Igna bargli oʻrmonlar bor. Tyulen, tiyin, quyon, oq tulki, suvsar va b. yashaydi.

Arxangelsk viloyati yogʻoch tayyorlash, yogʻoch-kimyo sanoatini rivojlantirish va yogʻoch-taxta eksport qilishda Rossiyaning muhim r-ni hisoblanadi. Arxangelsk, Onega, Mezen, Naryan-Mar sh. larida taxta tilish sanoati rivojlangan. Sanoatining sellyuloza-qogʻoz, gidroliz (Arxangelsk) tarmoqlari, sulfat-spirt olish, yogʻochdan standart uylar tayyorlash taraqqiy etgan. Kotlasda yirik sellyuloza-qogʻoz k-ti bor. Mashinasozlik, xususan, transport mashinasozligi muhim oʻrin tutadi. Arxangelsk va Kotlas sh. larida kemasozlik va kema tuzatish sanoati rivojlangan. Arxangelskda yirik baliq k-ti, Shoyna, Indigi, Naryan-Mar sh. larida baliq konserva z-dlari ishlab turibdi. Boksit zaxiralari asosida rangli metallurgiya rivojlanmoqda.

Q. x. da sut chorvachiligi katta urin tutadi. Xolmogori sersut sigirlar zoti Arxangelsk viloyatida yaratilgan. Bugʻuchilik b-n shugʻullaniladi, baliq va dengiz hayvonlari, tiyin va qutb tulkisi ovlanadi. Gʻalla ekinlaridan suli, arpa, bugʻdoy ekiladi. Asosiy t. y. lari: Moskva — Arxangelsk, Konosha — Kotlas, Obozerskaya — Belomorsk. Shim. Dvinada kema qatnaydi. Arxangelsk, Onega, Mezen, Naryan-Mar dengiz portlari bor. Arxangelsk viloyatida umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari, ommaviy kutubxona, klub bor.


Lotin alifbosida maqola: ARXANGELSK VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
ROSSIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты