ASBOBSOZLIK SANOATI

ASBOBSOZLIK SANOATI — mashinasozlik uchun qirquv va oʻlchov asboblari, uzunlikni oʻlchaydigan anjomlar, kesuvchi slesar-montaj asboblari hamda moslamalar chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Turli asboblar i. ch. ning rivojlanishi metallni qayta ishlash sanoati, ayniqsa, stanoksozlikning oʻsishi b-n bogʻliq. Asbobsozlik sanoati mustaqil sanoat tarmogi sifatida 19 – a. oʻrtalarida tarkib topdi. 19-a. ning 20 — 30 y. larida qattiq metallarni eritishning ixtiro qilinishi ularni eritib, qotishmaga aylantiradigan asboblarning vujudga kelishiga sabab boʻldi. Asbobsozlik sanoati koʻpgina sanoat tarmoqlarini kerakli asboblar bilan taʼminlaydi. Ayniqsa, u mashinasozlik z-dlari uchun asboblar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashinasozlik korxonalarining oʻzida ham ayrim asboblar tayyorlanadi. Maxsus asbobsozlik z-dlarida kumir, neft, togʻ-kon sanoatlari va tibbiy muassasalari uchun ham asboblar ishlab chiqariladi.

Asbobsozlik sanoati Oʻzbekistonda ham rivojlangan. 1940-y. gacha respublika korxonalaridagi ayrim sexlarda kam miqdorda asboblar tayyorlanar edi. Toshkentda asbobsozlik z-di (1943), 1941-y. Toshkent korborund va abraziv z-dlari ishga tushirildi (1963-y. da ikki z-d birlashtirilib, Toshkent abraziv k-ti tashkil etildi). 1970-y. dan olmos, 1973-y. dan sunʼiy olmos mahsulotlari i. ch. boshlandi. 1975-y. dan toʻliq abraziv mahsulotlari i. ch. ga oʻgildi. 1990 — 96 y. larda k-t «Elbor» i. ch. birlashmasiga aylantirildi (1996-y. dan «Oʻta qattiq materiallar» aksiyadorlik jamiyati). Jamiyat mahsulotlari chet ellarga ham eksport qilinadi. Oʻzbekistonda asbobsozlik sanoati korxonalari («Toshkent asbobsozlik z-di», «Toshkent abraziv z-di», «Oʻta qattiq materiallar» ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatlari) «Oʻzmashsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik mashinasozlik sanoati korxonalarida maxsus asbobsozlik sexlari mavjud. Yirik ilmiy-amaliy markazlardan biri boʻlgan «Texnolog» aksiyadorlik jamiyati oʻta qattiq materiallardan yangi asboblar tayyorlash va joriy etishni taʼminlaydi.

Mirhamid Toʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: ASBOBSOZLIK SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BELORUSSIYA
BIOLOGIYA
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты