ASKANIYA QOʻY ZOTI

ASKANIYA QOʻY ZOTI — mayin tolali, juni va goʻshti uchun boqiladigan zot. Bu zotni 1925 — 34 y. larda Ukraina chorvachilik i. t. instituti (Xerson viloyatidagi «Askaniya-Nova» xoʻjaligi)da akad. M. F. Ivanov Ukraina mahalliy merinos qoʻylarini tanlab borish va Amerikaning rambulye qoʻchqorlari bilan chatishtirish orqali yetishtirgan. Askaniya qoʻy zoti mayin junli qoʻylar ichida oʻzining yirikligi b-n ajralib turadi, quruq iqlimga yaxshi moslashadi, jun va goʻsht mahsuldorligi yuqori. Qoʻchqorlarining tirik vazni 120 — 140 kg, sovliqlariniki 60 — 70 kg. Mayin, ingichka jun qoplamiga ega.

Qoʻchqorlaridan 12 — 15 kg gacha, sovliqlaridan 6 — 6,5 kg jun olinadi (1 sm2 terida 4900 dona jun tolasi bor ), jun kokili uz. 7,5 — 8 sm, toza jun chiqimi 40-50%. 100 qoʻydan 150 gacha qoʻzi olish mumkin, oddiy sharoitda 125 — 130 qoʻzi olinadi. Askaniya qoʻy zoti ishtirokida Kavkaz, ozarbayjon, Krasnoyarsk merinoslari yaratilgan. Oʻzbekistonda 50-y. larda mahalliy jaydari qoʻylarning juni sifatini yaxshilash maqsadlarida Askaniya qoʻy zoti qoʻchqorlaridan foydalanilgan va yaxshi natijalar olingan. Oʻzbekistonning Jizzax va Toshkent viloyatlari xoʻjaliklarida tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: ASKANIYA QOʻY ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BALBAS QOʻY ZOTI
ARMANISTON QOʻY ZOTI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты