BALBAS QOʻY ZOTI

BALBAS QOʻY ZOTI — goʻshti, juni va suti uchun boqiladigan qoʻy zoti. Vatani Turkiya. Bu qoʻy zoti qoʻshaloq quyrugʻi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Goʻsht sifati yaxshi. Koʻchqorlarining tirik vazni 85—90 kg, sovliqlariniki 55 — 60 kg. Qoʻchqorlarining dumbasi 12 kg gacha, sovliqlarida 5—6 kg. Qoʻchqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kg dagʻal jun olinadi. Jun kokili uz. 11—17 sm, 60—65% sof jun chiqadi. Oʻrtacha 124 — 130 kg sut beradi. 100 sovliqdan — 120 qoʻzi olinadi.

Armaniston, Ozarbayjon, Shim. Eron, Turkiya va b. mamlakatlarda boqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan. Baland togʻli yaylovlarda boqishga yaxshi moslashgan. Junidan gilam, kamvol gazlamalar tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: BALBAS QOʻY ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
ASKANIYA QOʻY ZOTI
ARMANISTON QOʻY ZOTI
Malika Ravshanova - Vatani
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты