ATAKA BURCHAGI — 1) (aerodinamikada) — uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak (rasm, a). Aerodinamik quvuraya qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak Ataka burchagi boʻladi (rasm, b). Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik koʻrsatkichlari: koʻtaruvchi kuch koeffitsiyenta, roʻpara qarshilik koeffitsiyentini belgilaydi. Ataka burchagi kattalashsa yoki kichiklashsa, uchish apparati qanotiga taʼsir etuvchi aerodinamik kuch va momentlar va, demak, uchish rejimi ham oʻzgaradi;
2) (q. x. d a) — q. x. quroli disksimon ish organining aylanish tezligi bilan uning harakat yoʻnalishi orasidagi burchak.