ATAKA BURCHAGI

ATAKA BURCHAGI — 1) (aerodinamikada) — uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak (rasm, a). Aerodinamik quvuraya qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak Ataka burchagi boʻladi (rasm, b). Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik koʻrsatkichlari: koʻtaruvchi kuch koeffitsiyenta, roʻpara qarshilik koeffitsiyentini belgilaydi. Ataka burchagi kattalashsa yoki kichiklashsa, uchish apparati qanotiga taʼsir etuvchi aerodinamik kuch va momentlar va, demak, uchish rejimi ham oʻzgaradi;

2) (q. x. d a) — q. x. quroli disksimon ish organining aylanish tezligi bilan uning harakat yoʻnalishi orasidagi burchak.


Lotin alifbosida maqola: ATAKA BURCHAGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
AERODINAMIK QUVUR
ATMOSFERA
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты