ASHYOVIY DALIL

ASHYOVIY DALIL — jinoyat yoki fuqarolik ishini toʻgʻri yuritish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar. Amaliyotda «tilsiz guvohlar» deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan moddiy belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa Ashyoviy dalil hisoblanadi (OʻzR JPK, 203-modda); ular ishni mazmunan hal qilish uchun aniqlash vositasi boʻlishi mumkin. Ashyoviy dalil oʻz xususiyatlariga koʻra quyidagicha tavsiflanadi:

1) jinoyat obyekti boʻlgan Ashyoviy dalil,

2) jinoyat quroli boʻlgan Ashyoviy dalil,

3) jinoyat izlarini oʻzida saqlab qolgan Ashyoviy dalil ;

4) jinoyat orqasida topilgan boylik. Ashyoviy dalillar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namu-nalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish jarayonida olinishi. mumkin. Narsani Ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi — qaror, sud esa — ajrim chiqaradi, ularda Ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqpash uchun topshirish masalasi hal qilinishi lozim. Ashyoviy dalillarni saqlash yoki boshqa joyga yuborish uchun alohida tartib belgilangan. Ashyoviy dalil, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori b-n hal qilinmaguncha saqlab turiladi. Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda Ashyoviy dalillar masalasini hal etish qoidalari, Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik (OʻzR JPK, 204—212-moddalar), A. d. larni talab qilib olish va taqdim etish tartibi va majburiyati, ularni saqlash va qaytarib berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyilgan (OʻzR FPK, 80-83-moddalar).


Lotin alifbosida maqola: ASHYOVIY DALIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AYB
TOSHKENT
IBN SINO
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты