AZOT OKSIDLARI

AZOT OKSIDLARI — azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azot va kislorod molekulalarining birikishidan hosil boʻlib, reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Baʼzilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi oksidlari maʼlum: azot (I)-oksid N2O, azot (II)-oksid NO, azot (III)-oksid N2O3, azot (IV)-oksid NO2, azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)oksid N2O5. Azot (I)-oksid N2O — rangsiz, xushboʻy shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv b-n birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) t-rada azot bilan kislorodga ajraladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (II)oksid NO — rangsiz gaz, suvda kam eriydi, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaksiyalariga kirishadi; nitrat kislota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot (II)-oksid ammiakni katalitik oksidlash yoki azot b-n kislorod aralashmasini Volta yoyidan oʻtkazish orqali olinadi. Azot (III)oksid N2O3 — qoʻngʻir tusli gaz, kondensatlanganida koʻk tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kislota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II) – va (IV)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil boʻla-di; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 — qoʻngʻir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilgʻisini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)-oksid N2O5 — rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir.


Lotin alifbosida maqola: AZOT OKSIDLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
AMUDARYO
ATSETILEN
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AZOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты