ASL QORA

ASL QORA, Kizlyar qorasi, Proskoveysk qorasi — oʻrtapishar vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Shim. Kavkazda chiqarilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda, besh boʻlakchali, arra tishli, orqasi bir oz tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, silindr-konussimon, vazni 150 — 250 g, shingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi dumaloq, koʻk-binafsha, kattaligi oʻrtacha (16 — 18 mm). Eti pushti, shirin, sersuv (tarkibida 27% gacha qand bor). A. q. kurtak yozgandan boshlab faol harorat yigʻindisi 2890° da 140 kunda pishadi. Hosildorligi 100 — 120 s/ga. Asosan, Shim. Kavkazda r-nlashtirilgan. Oʻzbekistonda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekiladi. Spirti past qizil vinolar va sharbatlar tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: ASL QORA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIGOTE
ALEATIKO
Ulug'bek Ismailov - Guli
ALEKSANDRIYA MUSKATI
ANOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты