ALEKSIYA

ALEKSIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va lot. lego — oʻqiyman) — oʻqiy olmaslik; bosh miya qobigʻi oliy faoliyatining buzilishi alomatlaridan biri. Bosh miya poʻstlogʻining qaysi qismi shikastlanganiga qarab Aleksiya turlicha boʻladi. Mac, bosh miya chap yarim shari chakka qismining tepa pushtadagi poʻstlogʻi zararlansa, bemor oʻziga notanish boʻlgan soʻzlarni oʻqiy olmaydi; chap yarim shar harakat maydonining pastki qismi zararlansa, bemor harflarni taniy olsada, ularni bir-biriga qoʻshib oʻqiy olmaydi; bosh miyaning ensa qismida oʻzgarish yuz bergan boʻlsa, koʻrish markazi zaiflashishi va harflarni toʻgʻri oʻzlashtira olmaslik oqibatida bemor harflarni almashtirib yuboradi. Bunday hol literal Aleksiya, soʻzlarni chalkash tanlash verb al Aleksiya deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: ALEKSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
BOSH MIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты