ALYUMINIY (Aluminium), A1 Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, at. m. 26,9815; A. lot. alumen (achchiqgosh) soʻzidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (AGʻ 100%) uchraydi, bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12ʻ (yarim yemirilish davri 7,4-105-y.). A. yer poʻstining ogʻirlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, yaʼni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi oʻrinda turadi. Metall holidagi Alyuminiyni birinchi marta 1825-y. X. K. Ersted topgan. Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng koʻp uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (mas, tuproqning asosiy qismi boʻlgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. Oʻzbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Fargʻona viloyatlari) topilgan. Alyuminiy giltuproq (A12O,)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi. Oʻzbekistonda Angren kaolinidan ham giltuproq olish mumkinligi aniqlangan. Alyuminiy kumushday oq metall, allot-ropik shakl oʻzgarishlari (q. Allotropiya) yoʻq. Suyuqlanish t-rasi — 660ʻ, qaynash t-rasi 2500° atrofida, S. ogʻ. 2,6989. A. plastik, oson presslanuvchan, bolgʻalanuvchan, qoliplanadigan,choʻziladigan metall. Alyuminiy barcha barqaror bi-rikmalarida 3 valentli, yuqori t-rada baʼzan 1, kamdankam hollarda 2 va-lentli boʻlishi mumkin. Alyuminiy sirka, vino, limon kislotalari va b. organik moddalar taʼsiriga turgʻun. Alyuminiy kislorod bilan tez b pri kadi, shu sababli uning usti hamisha oksid pardasi b-n qoplangan boʻladi; oksid pardasi zich boʻlganidan u A. ni zanglashdan va turli moddalar taʼsiridan saqlaydi. Alyuminiy kukuni shiddat bilan yonadi, yuqori t-rada galogenlar bilan birikib, Alyuminiy ftorid (A1F3), A. xlorid (A1S13), A. bromid (A1Vg3), A. yodid (A1J3), A. astatid (AlAt3), oltingugurt bilan Alyuminiy sulfid (A12S3), azot b-n A. nitrid (A1N3), uglerod bilan Alyuminiy karbid (A14S3) hosil qiladi. Shuningdek, alohida usulda Alyuminiy bilan vodorod birikmasi — A. gidrid (A1N3) olish mumkin. Juda suyultirilgan hamda konsentrlangan nitrat kislota A. ga taʼsir etmaydi (sirtida darhol hosil boʻlgan oksid pardasi uni saqlaydi), suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotada Alyuminiy qisman eriydi. Vodorod xlorid Alyuminiyga kuchliroq taʼsir etadi, ortofosfat kislota taʼsir etmaydi. Alyuminiyning koʻpgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislotali reaksiya roʻy beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil boʻladi. Alyuminiy tarkibining sofligiga qarab oʻta sof, juda sof va texnik sof xillarga boʻlinadi. Oʻta sof Alyuminiy (A. 999 markali) 0,001% gacha qoʻshimchaga, juda sof Alyuminiy (A. 995. A. 99, A. 97, A. 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Alyuminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qoʻshimchaga ega boʻladi. Alyuminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qoʻshiladi. Alyuminiy baʼzi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu metallardan samolyotsozlik, radio va elektrotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalaniladi. Alyuminiy zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr oʻtkazuvchanligi, ayrim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Undan uy-roʻzgʻor asboblari, kimyoviy asbob-uskunalar va b. koʻpdan-koʻp buyumlar tayyorlanadi.
Temir Otaqoʻziyev.